Tvorogli bulochkalar
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
250 gramm tvorog
-
175 gramm shakar upasi
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
0,5 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
350 gramm un
-
75 gramm yumshatilgan sariyog'
-
40 gramm shakar upasi
-
ustiga surtish uchun tuxum
Yo’nalishlar
Tvorogli xamirdan tayyorlangan bulochkalarning oddiysidan farqi – bunday bulochkalar juda mayin bo’lib pishishidadir.
Tvorog tufayli ularning tarkibida kaltsiy miqdori yuqori bo’lib, shuning uchun ularni bolalarga berish foydalidir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 19 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
250 gramm tvorog | |
175 gramm shakar upasi | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
350 gramm un | |
75 gramm yumshatilgan sariyog' | |
40 gramm shakar upasi | |
ustiga surtish uchun tuxum |
Tvorogni blender yordamida maydalab olamiz.
Idishga tuxum, shakar upasi, soda, tuz va vanil shakari solib, mikser yordamida ko'pirtiramiz.
So'ngra ko'pirtirilgan massani tvorogga solib, aralashtiramiz. Un solib xamir qoramiz. Xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
Xamir bo'laklarini 0,5 sm qalinlikda yoyib, ustiga yumshatilgan sariyog' surtib, shakar upasi sepamiz va rulet shaklida o'raymiz.
Ruletlarni 3-4 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz. Bo'laklarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
250 gramm tvorog | |
175 gramm shakar upasi | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
350 gramm un | |
75 gramm yumshatilgan sariyog' | |
40 gramm shakar upasi | |
ustiga surtish uchun tuxum |