Tvorogli «Bantik» pechenyesi
Masalliqlar:
-
170 gramm tvorog
-
250 gramm un
-
100 gramm sariyog'
-
75 gramm shakar
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 osh qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Biz uyda bolalar uchun tvorogli pechenye pishirishni afzal ko’ramiz, chunki u juda tez pishadi. Pechenyelar nozik, xushbo’y, yumshoq va shirin bo’lib chiqadi.
«Bantiklarni» pishirish juda oz vaqtni talab qiladi. Shunday ekan, ushbu pechenyelar shirinlikni istaganingizda, ammo pirog yoki kekslar pishirishga vaqt yo’qligida as qotadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 16 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
170 gramm tvorog | |
250 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
75 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 osh qoshiq vanil shakari |
Mikser yordamida tvorog, yumshoq sariyog' va shakarni aralashtiramiz.
Tvorogli massaga qabartma bilan aralashtirilgan unni solamiz.
Tezda xamir qorib, so'ngra uni dumaloq shakliga keltiramiz va yopishqoq plyonkaga o'rab, 15 daqiqaga muzxonaga yuboramiz.
Sovutilgan xamirni qalinligi 3 mm keladigan to'g'rito'rtburchak shaklida yoyamiz.
Xamirni katta bo'lmagan to'g'rito'rtburchak shakllarga kesib olamiz. Xar bir bo'lakni o'rtasidan buraymiz. Shunda to'g'rito'rtburchaklar o'z-o'zidan "bantik" shakliga keladi
Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Har bir pechenye ustiga vanil shakarini sepamiz.
Masalliqlar:
170 gramm tvorog | |
250 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
75 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 osh qoshiq vanil shakari |
2 Sharhlar Hide Comments
Bu kanal menga juda yoqdi. Oʻzimga kerakli boʻlgan barcha pishiriqlarni oʻrganib topib oldim kattakon rahmat
Sizga foydamiz tekkanidan xursandmiz. Izoh qoldirganingiz uchun raxmat!