fbpx
Tvorog va marsipanli shtollen

Tvorog va marsipanli shtollen

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Ustiga:

Yo’nalishlar

Kelayotgan dam olish kunlarida ajoyib pishiriqlardan biri – shtollendan tayyorlashni tavsiya qilamiz. Uni darhol iste’mol qilish yoki yangi yil bayramigacha saqlab qo’yish ham mumkin.

Biroz ter to’kib, hayratomus ta’mli yegulik tayyorlashni uddalaysiz, undan taraladigan xushbo’y ifor esa bayramning yaqinlashayotganini eslatib turadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vatqgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
20 millilitr iliq sut
1 dona tuxum
70 gramm shakar
130 gramm tvorog
4 gramm quruq xamirturush
260 gramm un
Asosiga:
50 gramm mayiz
50 gramm shakarlangan mevalar цукаты
50 gramm yong'oq
65 gramm xom bodom
50 gramm shakar upasi
60 gramm shakar
30-40 millilitr suv
150 millilitr konyak xohishga qarab
5 gramm apelsin po'sti
Ustiga:
60 gramm eritilgan sariyog'
60 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz. Shtollenning asosiga har xil yong'oqlar, qurutilgan mevalar va rezavor mevalar, shuningdek shakarlangan mevalardan ham solish mumkin. Shtolenning asosiga bizlar qurutilgan kivi, sariq va qora mayiz, turshakdan soldik.

Shakarlangan mevalar va yong'oqlarni o'rtacha bo'laklarga bo'lib chiqamiz. Bu oson kechishi uchun esa ularni biroz qaynoq suvga ivitib qo'yamiz. So'ng ivitilgan quruq mevalarni suvini to'kamiz va to'g'rab olamiz, yong'oqlar bilan hammasini aralashtirib olamiz.

An'anaviy shtollen asosi esa likyor yoki konyakka ivitib qo'yiladi. Quruq mevalarning hammasining ustidan konyak yoki likyor quyiladi va bir kechaga ivitib qo'yiladi. Ertalab esa ularni taxminan 15 daqiqa suvi butunlay oqib ketishi uchun dokaro'molga solib qo'yiladi.

Agarda siz spirtli ichimlikdan foydalanishni xohlamasangiz, unda yuqorida aytganimizdek, ularni 15 daqiqa qaynoq suvga ivitishnng o'zi yetarli.

Qadam 2
Tugallandi

Marsipan tayyorlash

Marsipan deb maydalangan bodom va shakarli qiyomdan tayyorlaniladigan shirinlikka aytiladi. Buning uchun qovurilmagan xom bodom ustidan qaynoq suv qo'yib, olovga qo'yiladi va 2 daqiqa qaynatib olinadi. So'ng olib po'stidan tozalaniladi. Agar shunda ham po'sti qattiqlik qilsa, unda ustidan yana bir bor qaynoq suv quyib, so'ng to'kib tashlang.

Qadam 3
Tugallandi

Tozalangan bodomlarni qurutib olamiz. Agarda siz shoshilmayotgan bo'lsangiz, ularni xona haroratida qoldirib quruting. Agar yo'q bo'lsa, unda quruq tovaga soling va 3-5 daqiqa aralashtirib turib, qurutib oling. 3-usuli esa 80 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib qurutishdir. Ahamiyat bering qovurish emas, balki faqat qurutish lozim. Bunda bodom oq rangini saqlab qoladi va yumshamaydi.

Qadam 4
Tugallandi

Quritilgan bodom blender idishiga solinadi, ustidan shakar upasi sepilib, maydalab olinadi. So'ng boshqa idishga olib qo'yiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Qozonchaga shakar va suvni solamiz, olovga qo'yib, 112 C darajagacha qizdiramiz. Agarda sizda termometr bo'lmasa, unda quyidagi usulda haroratini aniqlab oling: sovuq suvga bir necha tomchi qiyomdan tomizing. Agar qiyom dumaloq shaklga kirib, qo'l bilan tegilganda yumshoq bo'lsa demak tayyor hisoblanadi. Bu esa "yumshoq shar" deb ataladi.

Qadam 6
Tugallandi

Bodomli aralashma ustidan ana shu qiyomni quyamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz. Agarda aralashma suyuq bo'lib, qo'lga yopishsa unda ozroq shakar upasidan soling. Agarda aksincha qattiqlashib qolsa, unda yarim choy qoshiq suv qo'shing. Qo'lga yopishmaydigan aralashmadan uzun kolbasasimon shakl yasaymiz va oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamiri uchun sariyog'ni eritib sovutamiz. Sutni esa 35 C darajaga qizdirib, sariyog' ustidan quyamiz. Ustidan tuxum va shakarni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tvorogni blenderda maydalab olamiz, so'ng tuxumli aralashma ustidan solamiz, tuz sepib aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Unni elab olamiz, aralashma ustidan xamirturush bilan birga solamiz va xamir qoramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamir qorish paytida tayyorlab qo'yilgan quruq mevalar va yong'oqlarni solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qorilgan xamirni toza idishga olamiz, ustini yopib, oshishi uchun 1-1.5 soat iliq joyga olib qo'yamiz.

Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga oshadi.

Qadam 12
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'ozdan to'shaymiz. Xamirni mushtlab olamiz va teng ikkiga bo'lamiz. Yuqoridagi masalliqlar ikkita shtollenga mo'ljallangan.

Xamirni 3 mm qalinlikda to'rtburchak shaklda yoyib olamiz. Xamirni ko'zda uchu qismga bo'lib olamiz. Uchdan ikki qismi shtollenning pastki qismi bo'ladi. Xamirning pastki teng yarmiga marsipanni qo'yamiz va tepa qismi bilan ustini yopamiz. Tepadagi tomoni ustida xuddi "qalpoqchdek" yoplishi kerak, pastga emas. Xamirni ustini sochiq bilan yopib, 30-35 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida shtollenni 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Qaynoq shtollening ustidan sariyog' surtamiz va shakar upasidan sepamiz. Ustidagi yoriqlar va qalin qilib sepilgan shakar upasi shtollenga xos holatdir. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 3-3.5 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
20 millilitr iliq sut
1 dona tuxum
70 gramm shakar
130 gramm tvorog
4 gramm quruq xamirturush
260 gramm un
Asosiga:
50 gramm mayiz
50 gramm shakarlangan mevalar цукаты
50 gramm yong'oq
65 gramm xom bodom
50 gramm shakar upasi
60 gramm shakar
30-40 millilitr suv
150 millilitr konyak xohishga qarab
5 gramm apelsin po'sti
Ustiga:
60 gramm eritilgan sariyog'
60 gramm shakar upasi
oldingi
Tovuq go’shti va grechkadan tayyorlangan teftellar
keyingi
Gulkaramdan tayyorlangan vegan krem-sho’rvasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.