Tvorog-olmali sochma pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
320 gramm un
-
150 gramm sariyog'
-
150 gramm shakar
-
10 gramm qabartmarazrixlitel
-
bir chimdim tuz
-
Asosiga:
-
400 gramm tvorog
-
300 gramm nordon-shirin ta'mli olma
-
30 gramm bug'doy yormasimannaya krupa
-
3 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
1 choy qoshiq maydalangan dolchinkorica
Yo’nalishlar
Sochma piroglar — juda oson tayyorlaniladigan va natijasi har doim ham ijobiy chiqadigan eng oddiy piroglardan biri hisoblanadi.
Bu pirogning asosini esa eng foydali mahsulotlardan hisoblanmish tvorog va olmalar tashkil qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
320 gramm un | |
150 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
10 gramm qabartma | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
300 gramm nordon-shirin ta'mli olma | |
30 gramm bug'doy yormasi | |
3 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq maydalangan dolchin |
Asosini tayyorlab olamiz:
Chuqurroq idishga tuxum, tvorog, shakar va dolchinni solib aralashtirib olamiz.
Hammasini blenderda maydalab olamiz.
Bug'doy yormasini solib aralashtiramiz va 15-20 daqiqaga qoldiramiz.
Xamirini tayyorlab olamiz:
Alohida idishga un, qabartma, tuz va shakarni solamiz. Aralashtirib olamiz.
Quruq masalliqlar ustidan muzdek sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Erib ketmasligi uchun qo'lda tezgina aralashtirib, ya'ni ishqalab olamiz.
Kukunsimon ko'rinishdagi xamirni teng 3 qismga bo'lamiz.
Aylanasi 22-24 sm li qolipga sariyog' surtamiz. Pergament qog'oz to'shaymiz.
Asosiga olmalarni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib solamiz. Aralashtirib olamiz.
Xamirning 1/3 qismini qolipga sepamiz. Qo'lda ustini bosib chiqib, mustahkamlab olamiz.
Ustidan tvorogli aralashmaning yarmini solib, tekislab chiqamiz. So'ng esa ustidan qolgan xamirning 2/3 qismi, tvorogli aralashma va xamirning qolganini sepamiz.