fbpx
Turkcha laxmadjun

Turkcha laxmadjun

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Xamiri uchun

    • nachinka uchun

    Yo’nalishlar

    Laxmadjun – turk oshxonasiga mansub bo’lgan, mashxur sharq taomi. Qolaversa uni armancha, turkcha yoki arabcha pitsa ham deb atashadi.

    Taomning asosini yupqa qarsildoq xamir tashkil etib, uning ustiga go’shtli qiyma qo’yiladi.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

    narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamiri uchun
    130 millilitr iliq suv
    3 osh qoshiq zaytun moyi
    1 osh qoshiq shakar
    5 gramm quruq xamirturush
    280 gramm un
    1 choy qoshiq tuz
    nachinka uchun
    250 gramm mol go'shtidan qiyma
    100 gramm piyoz
    2 ta har xil rangli bulg'or qalampiri
    1 ta pomidor
    1 osh qoshiq pomidor pastasi
    1 bog' ko'k piyoz
    0,5 bog' shivit va petrushka
    1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    2 osh qoshiq zaytun moyi
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    Qadam 1
    Tugallandi

    Xamir tayyorlaymiz:

    Un solingan idishga xamirturush, shakar va tuz solib, aralashtiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Hosil bo'lgan massaga zaytun moyi va illiq suv solib, xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 30 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Nachinka tayyorlaymiz:

    Pomidor, piyoz va bulg'or qalampirini blenderda maydalaymiz. Suyuq massa hosil bo'ladi.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Suyuq massani qiymaga solib, pomidor pastasi, sarimsoqpiyoz, ko'k piyoz va tuz solib, yaxshilab aralashtiramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Oshgan xamirni 4-5 ta bir xil bo'laklarga bo'lib, dumaloqlaymiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Stol ustiga un sepib, har bir bo'lakni 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Yoyilgan xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Xamir ustiga xamir diametrini inobatga olgan holda 4-5 osh qoshiq nachinka solamiz.

    230 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga yuboramiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Tayyor laxmadjunlarni istalgan qayla bilan dasturxonga tortish mumkin.

    Yoqimli ishtaha!

    • 50 daqiqa
    • Portsiya 4
    • O’rtacha
    • 230 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamiri uchun
    130 millilitr iliq suv
    3 osh qoshiq zaytun moyi
    1 osh qoshiq shakar
    5 gramm quruq xamirturush
    280 gramm un
    1 choy qoshiq tuz
    nachinka uchun
    250 gramm mol go'shtidan qiyma
    100 gramm piyoz
    2 ta har xil rangli bulg'or qalampiri
    1 ta pomidor
    1 osh qoshiq pomidor pastasi
    1 bog' ko'k piyoz
    0,5 bog' shivit va petrushka
    1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    2 osh qoshiq zaytun moyi
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    oldingi
    Videoretsept: turshak va mayzli turkcha bulochkalar
    keyingi
    Nyu Yorkdagi Levain Bakery non mahsulotlari do’konidagidek pechenye

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.