fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Tunets balig’i, pomidor va ko’katlardan qilingan nafis pashtet
Tunets balig’i, pomidor va ko’katlardan qilingan nafis pashtet

Tunets balig’i, pomidor va ko’katlardan qilingan nafis pashtet

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Konservalangan tunets – uy sharoitida pashtetlar tayyorlash mumkin bo’lgan ajoyib mahsulotlardan biridir. Pomidor va ko’katlardan solib esa yana mazaliroq ta’mga ega bo’lish mumkin.

Bunday pashtet uchun esa ko’p masalliqlar kerak bo’lmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 banka konservalangan tunets balig'i
2 ta tuxum
2 ta o'rtacha kattalikdagi pomidor
10 millilitr zaytun moyi
bir nechta shoxcha shivit
Qadam 1
Tugallandi

Tunets balig'ini suvini to'lib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumlarni qaynatib pishiramiz, sovutib, po'stini archib tashlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorni kichikroq, shivitni esa juda mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hammasini blender idishiga solib, blenderda yaxshilab maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pashtet tayyor! Uni nonga surtib yoki tartaletkalarga solib, iste'mol qilishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 banka konservalangan tunets balig'i
2 ta tuxum
2 ta o'rtacha kattalikdagi pomidor
10 millilitr zaytun moyi
bir nechta shoxcha shivit
oldingi
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom
keyingi
Ko’katli «garmoshka» noni

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.