fbpx
Tovuqli dangasa xonim

Tovuqli dangasa xonim

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

An’anaviy taomni tayyorlashning yana bir oson usulini e’tiboringizga taqdim etamiz. Bunday xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, ammo tugilish usuli siz uchun noodatiy bo’lishi aniq.

Tovuqli asosga ega bunday ruletni siz go’sht solib ham tayyorlashingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350 gramm un
150 gramm iliq suv
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
asosi uchun
200 gramm tovuq filesi
1 ta piyoz
2 ta kartoshka
1 ta pomidor
ta'bga ko'ra paprika
ta'bga ko'ra zira va kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 ta pomidor
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz. Iliq suvga tuz va tuxum solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashtirib, un solamiz. Xamir qoramiz. Paketga solib, 20-25 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz. Tovuq filesi, piyoz, kartoshka va pomidorni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Ko'katlarni maydalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barchasini bitta idishga solib, aralashtiramiz. Ziravorlar sepib, o'simlik yog'ini quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yaxshilab aralashtirib, 15-20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tingan xamirni 2 mm qalinlikda yoyamiz. Yoyilgan xamir ustiga asosini solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o'rab, 10-12 smli bo'laklarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xonimlarni yog'langan mantiqasqonga terib, 35 daqiqaga pishishga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qaylasini tayyorlab olamiz. Pomidorlarni to'rtburchak shaklida to'g'rab, sarimsoqpiyoz va ko'k piyozni maydalaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Idishda 1 osh qoshiq o'simlik yog'ini qizdirib, sarimsoqpiyoz va ko'k piyozni 10 soniya qovurib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pomidorlarni solib, tuz sepamiz. 10-15 daqiqa o'rtacha olovda pishiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor xonimni qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350 gramm un
150 gramm iliq suv
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
asosi uchun
200 gramm tovuq filesi
1 ta piyoz
2 ta kartoshka
1 ta pomidor
ta'bga ko'ra paprika
ta'bga ko'ra zira va kashnich
ta'bga ko'ra tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 ta pomidor
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Videoretsept: bolalar uchun tvorogli rogaliklar
keyingi
Videoretsept: tvorog va malinali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.