fbpx
Tovuq go’shti solib tayyorlangan pirojkalar

Tovuq go’shti solib tayyorlangan pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Ta’m jihatidan bunday pishiriqlar oddiy pirojkalardan unchalik ham farq qilmasada, ammo tashqi ko’rinishi bilan qiziqish uyg’otishi aniq.

Ularni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p vaqtni talab qilmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
100 millilitr kefir
100 gramm smetana
1 ta tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
1 bosh piyoz
1 dona bulg'or qalampiri
ta'bga qarab ko'katlar
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un, tuz va iste'mol sodasini solamiz. Tuxumni ham chaqib solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

O'simlik yog'i, smetana va kefirni solamiz va yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymasi uchun esa piyoz va bulg'or qalampirini mayda to'g'raymiz. Qiyma ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'katlarni ham mayda to'g'rab solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni olib, 5-7 mm qalinlikda yoyib olamiz. Ustidan qiymali aralashmani solib, tekislab chiqamiz va ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ruletni esa 3-4 sm qalinlikdagi bo'lakchalarga kesib chiqamiz. Unga belab, aylana shakl berib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yog' solingan tovada, qopqog'ini yopib, qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Mazali qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
100 millilitr kefir
100 gramm smetana
1 ta tuxum
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
0.5 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
1 bosh piyoz
1 dona bulg'or qalampiri
ta'bga qarab ko'katlar
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Pechda pishirilgan makkajo’xori
keyingi
Videoretsept: Tovuq go’shtidan qilingan sosiskalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.