Tez tayyorlaniladigan yong’oqli pirog
Masalliqlar:
-
140 gramm 82.5% li sariyog'
-
180 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
5 gramm vanil shakari
-
7 gramm qabartma
-
280 gramm un
-
100 gramm smetana
-
Asosiga:
-
50 gramm shakar
-
5 gramm dolchin
-
50 gramm qovurilgan yong'oq
Yo’nalishlar
Bu pirog pishayotganda undan taraladigan hid bir umr esingizdan chiqmasligi aniq. Qovurilgan yong’oq va dolchin birlashib, ajoyib uyg’unlikni tashkil etadi.
Xohishga qarab, yong’oq solmaslik ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
140 gramm 82.5% li sariyog' | |
180 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
5 gramm vanil shakari | |
7 gramm qabartma | |
280 gramm un | |
100 gramm smetana | |
Asosiga: |
|
50 gramm shakar | |
5 gramm dolchin | |
50 gramm qovurilgan yong'oq |
Pirog asosini tayyorlab olamiz:
Sariyog'ni qozonchaga solib, gazga qo'yamiz.
To'liq erigunga qadar kutamiz.
Sariyog' yaxshilab qaynab, ko'pirgunga qadar qaynatamiz (10-15 daqiqa). Sariyog' to'q rangga kiradi.
Eslatma: Sariyog'ning tayyorligini tekshirish uchun qoshiqni yog' tubiga soling. Yog'da to'q rangli zarrachalar paydo bo'lsa, demak sariyog'ni gazdan olish mumkin.
Eritilgan sariyog'ga shakar solib, aralashtiramiz. So'ng ozroq sovutib olamiz.
Sovigandan so'ng bitta tuxum va vanil shakarini solamiz.
Mikserning yuqori tezligida yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Smetanani ham solamiz.
Un va qabartmani elab solamiz.
Xamir silliq, yumshoq va shu o'rinda quyuq bo'lib chiqadi.
Asosini tayyorlab olamiz:
Yong'oqni pichoqda maydalab olamiz. So'ng dolchin va shakar bilan birga aralashtirib olamiz.
Qolipga pergament qog'oz to'shab, xamirning yarmini solamiz. Ustini lopatka bilan tekislab, asosning yarmini solamiz.
Xamirning qolganini ham quyib, asosning qolganini ustidan sepamiz.
170 C darajada qizigan pechda pishirib olamiz. Qolipning hajmiga qarab, pishirsh jarayoni 40-60 daqiqagacha davom etishi mumkin. Shuning uchun pishganligini gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz.
Aylanasi 18 sm li qolip uchun 50 daqiqa davomida pishirish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
140 gramm 82.5% li sariyog' | |
180 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
5 gramm vanil shakari | |
7 gramm qabartma | |
280 gramm un | |
100 gramm smetana | |
Asosiga: |
|
50 gramm shakar | |
5 gramm dolchin | |
50 gramm qovurilgan yong'oq |