fbpx
Tayyor xamirdan tayyorlangan «Plyushka»lar

Tayyor xamirdan tayyorlangan «Plyushka»lar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirinlik bilan choy ichishni xohlayapsiz, lekin xamir qilishni istamayapsizmi? Tayyor xamirdan bulochka pishirishga nima deysiz?

Bunday pishiriqlarni pishirishda eng ko’p vaqt xamirni eritish uchun  ketadi. Shuning uchun xamirni muzlatgichdan oldinroq olib qo’yishingizni taklif etamiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
2 osh qoshiq dolchin
4 osh qoshiq shakar
50 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Eritilgan qatlamali xamirni 2-3 millimetr qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yoyilgan xamirni 15 ga 15 santimetr uzunlikdagi to'rtburchaklarga kesib, xar birini ustiga eritilgan sariyog' surib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shakar va dolchinni aralashtimiz va sariyog' suritilgan xamir ustiga sepib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xar bitta xamirni rulet shaklida o'raymiz va o'rtasidan uzunasiga kesib chiqamiz (kesganingizda rulet oxirigacha kesilib ketmasligi kerak).

Qadam 5
Tugallandi

Xosil bo'lgan xamirni ikkala uchidan ushlaymiz va yengil o'raymiz, birlashtirib halqa shakliga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Halqa shaklidagi xamirlarimizni pergament qog'ozi qo'yilgan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Bulochkalarimizni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
2 osh qoshiq dolchin
4 osh qoshiq shakar
50 gramm sariyog'
oldingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli koptokchalar va spagetti
keyingi
Pomidor va pishloqli kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.