fbpx
Stuzicco kafesidan retsept: Lazanya Bolonyeze

Stuzicco kafesidan retsept: Lazanya Bolonyeze

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Stuzzico kafesi bugun Zira.uz sahifa o’quvchilari uchun o’zining mashhur italyancha taomi retseptini taqdim etadi.

Agarda oilangiz katta bo’lsa, ularni mazali va eng asosiysi to’yimli taomlar bilan siylamoqchi bo’lsangiz, bizning bugungi taomni albatta tayyorlab ko’ring. Yangidan-yangi retseptlarda o’zingizni sinashdan hech ham qo’rqmang!

Masalliqlar:

Portsiya:
lazanya uchun pasta
200 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm pomidor qaylasi
2 choy qoshiq zaytun moyi
2 choy qoshiq sariyog'
100 gramm motsarella pishlog'i
100 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qaylasiga:
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta pomidor
3 ta tsihcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Qayla Bolonyeze

Tovaga zaytun yog'ini solamiz va qizdiramiz. To'rtburchak shaklda to'g'ralgan piyoz va qirg'ichdan o'tkazilgan sabzini solib, yumshagunicha qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mayda to'g'ralgan pomidor, pomidor pastasi va tuzni solamiz. Olovni pasaytirib 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oxirida sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga zaytun yog'ini solib qizdiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qiymani solamiz va yarim tayyor bo'lgunicha qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bolonyeze qaylamizni solamiz, tuz va murchini rostlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Gaz pechini 180 °C darajada qizdiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipimizga sariyog' surtamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qolipga xom, lazanyaga mo'ljallangan pastani solamiz. Pastani ustidan qaylali qiymani solamiz, ustidan pishloqni qirg'ichdan o'tkazib sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

So'ng yana shunday pasta, ustidan qayla va pishloq qo'yib, shunday bir necha qavatda pishiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Oxirida ko'pgina pishloqni sepamiz, 5-10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ng gaz pechiga qo'yib 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
lazanya uchun pasta
200 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm pomidor qaylasi
2 choy qoshiq zaytun moyi
2 choy qoshiq sariyog'
100 gramm motsarella pishlog'i
100 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qaylasiga:
1 bosh piyoz
1 ta qizil sabzi
1 ta pomidor
3 ta tsihcha sarimsoqpiyoz
2-3 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz
oldingi
Limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuq
keyingi
Mikroto’lqinli pechda suli yormasidan bo’tqa pishirish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.