Smetanali qaylada pishirilgan tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq oyoqchalari
-
150 gramm piyoz
-
100 gramm shampinyon
-
100 millilitr yog'li qaymoq
-
1 osh qoshiq xantal
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
50 millilitr oq vino sirkasiyoki olma sirkasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Yo’nalishlar
Bugungi sizlarga taqdim etmoqchi bo’lgan retseptimiz bayram dasturxoniga ham, oddiy kechki ovqat sifatida tayyorlashga ham qo’l keladi.
Smetana va xantal aralashmasida pishgan tovuq oyoqchalari umuman o’zgacha nafis ta’mda chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq oyoqchalari | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm shampinyon | |
100 millilitr yog'li qaymoq | |
1 osh qoshiq xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
50 millilitr oq vino sirkasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) |
Tovuq oyoqchalariga tuz va murch sepib, yog' solingan tovada 5-7 daqiqa qovurib olamiz.
Piyozni to'rtburchak shaklda, shampinyonlarni kattaroq qilib to'g'raymiz. Tovaga ozroq yog' quyib, ularni qovurib olamiz.
Ustidan smetana, sirka va xantal solamiz, tuz, paprika va murch sepib, 3 daqiqa dimlab pishiramiz.
Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga qaylani solamiz, ustidan tovuq oyoqchalarini terib chiqamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq oyoqchalari | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm shampinyon | |
100 millilitr yog'li qaymoq | |
1 osh qoshiq xantal | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
50 millilitr oq vino sirkasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) |