fbpx
Videoretsept: shokoladli tomchilardan pechenyelar

Videoretsept: shokoladli tomchilardan pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladli pechenyelardan ham mazaliroq shirinlik bormi? Faqat shokoladli tomchilardan tayyorlangan shokoladli pechenyelar! Bu pechenyelarning usti qarsildoq bo’lishiga qaramasdan ichi  deyarli kremdek juda mayin bo’lib pishadi.

Bu pechenyelarni pishirib ko’ring va yaqinlaringizni, ayniqsa bolajonlarni xursand qiling.

Masalliqlar:

2 ta tuxum
150 gramm shakar
225 gramm qora shokolad
50 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ta'bga qarab vanil ekstrakti
300 gramm shokoladli tomchilar
Qadam 1
Tugallandi

Shokolad va sariyog' suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda eritib olinadi.

Chetga olib qo'yiladi va sovutiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum bilan shakar oqargunicha yaxshilab ko'pirtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Unga qabartma va bir chimdim tuz solinadi.

So'ng un tuxum va shakarli aralashma ustiga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirga eritilgan shokolad solinadi va aralashtirishda davom etiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir ustidan shokoladli tomchilar solinadi va ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.

Shokoladli tomchilarni Chorsu bozoridan 30 000 so'mga xarid qilishingiz mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga maxsus yog'langan qog'oz to'shaladi va oddiy qoshiq yoki muzqaymoq uchun mo'ljallangan qoshiqda solib chiqiladi.

Pechenyelar pishish jarayonida shishishi sababli ularni orasiga yetarlicha joy qoldiring.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyelar 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Pechenyelar sovigandan so'ng, idishga solib, usti yopib qo'yiladi.

*Narxlar ma'lumot chop etilgan vaqtdagina amal qilinadi.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 30 daqiqa
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
150 gramm shakar
225 gramm qora shokolad
50 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
ta'bga qarab vanil ekstrakti
300 gramm shokoladli tomchilar
oldingi
Qorag’atli murabbodan pirog
keyingi
Zanjabilli choy

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.