fbpx
Shokoladli qatlamga ega yong’oqli pechenye

Shokoladli qatlamga ega yong’oqli pechenye

Masalliqlar:

  • qatlami uchun

Yo’nalishlar

Shokoladli qatlamga ega ushbu qumoq pechenye bir finjon qahva yoki choyga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Bunday pechenyelar katta-yu kichikka birdek manzur keladi.

Pechenyelarga istalgan yong’oqlarni solishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
50 gramm maydalangan yong'oq
45 gramm shakar upasi
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
2 osh qoshiq kakao kukuni
170 gramm un
bir chimdim tuz
qatlami uchun
70 gramm qora shokolad
40 gramm 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog'ni shakar upasi bilan ko'pirtiramiz. Tuxum solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Maydalangan yong'oq, vanil shakari va tuz solamiz. Mikserning past tezligida aralashtiramiz,

Qadam 3
Tugallandi

Un, kakao va qabartmani aralashtirib, sariyog'li massaga qo'shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Havodor xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirdan 15 gramm keladigan dumaloqchalar yulib olib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib chiqamiz. Ustini ozroq ezib yassi holatga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni 185 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa pishirib olamiz. So'ngra yaxshilab sovutamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shokoladli qatlamni tayyorlaymiz:

Shokoladga qaymoq solib, eritamiz. Quyuq massa hosil bo'lishi kerak.

Qadam 8
Tugallandi

Shokoladli massani pazandachilik qopchasiga solamiz. Kremni bitta pechenyega surtib, ikkinchi pechenyeni krem ustiga yopamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 185 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
50 gramm maydalangan yong'oq
45 gramm shakar upasi
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
2 osh qoshiq kakao kukuni
170 gramm un
bir chimdim tuz
qatlami uchun
70 gramm qora shokolad
40 gramm 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Qovoqli tatarcha burma
keyingi
Videoretsept: fokachcha art

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.