fbpx
Shokolad pasta solib pishirilgan kranch

Shokolad pasta solib pishirilgan kranch

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokoladli kranch — bu juda mazali, shirin va yumshoqina pirog — rulet bo’lib, oshirma xamirdan tayyorlaniladi. 

O’ziga xos tugish natijasida pirog ajoyib ko’rinish kasb etadi, shu bois ham pishirishda siz nafaqat mazali yegulikdan tanovvul qilasiz, balki estetik go’zallikdan ilhomlanasiz.

Kranch uchun xamirni oldindan tayyorlab qo’yish lozim, chunki xamir 5-7 soat, iloji bo’lsa, bir kecha sovutgichda turishi kerak.

Bizlar kranchni keksga mo’ljallangan qolipda pishirdik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm un
1 dona tuxum
10 gramm quruq xamirturush
100-120 gramm shakar
200 millilitr iliq sut
75 gramm yumshatilgan sariyog'
0.5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
150 gramm shokoladli pasta
Qadam 1
Tugallandi

Tog'oraga elangan un, shakar va xamirturushni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan tuxum va iliq sutni solib, mikserning xamirga mo'ljallangan uchligida 5 daqiqa yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuz va yumshagan sariyog'ni solib, yana 3-4 daqiqa aralashtirib olamiz. Xamir silliq va suyuq holatga kiradi, un yana solishga shoshilmang.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yog'langan tog'orachaga solib, ustini yelim xalta bilan yopamiz va ikki hissa ko'tarilguniga qadar, taxminan 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Shuningdek, xamirni qorib bo'lgandan so'ng, uni sovutgichga olib qo'yish mumkin. Faqat pishirishdan yarim soat oldin, iliq joyga olib qo'yishning o'zi kifoya.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni teng ikkiga bo'lamiz va har birini 0.5 sm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har biriga shokoladli pastadan surtib, ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ruletsimon xamirlarni uzunasiga teng ikkiga bo'lib, so'ng xuddi soch o'rgandek, o'rab chiqamiz. Va aylana shaklga keltirib, keks qolipiga joylaymiz.

Bizlar ikkala xamirni ham ustma-ust qo'ydik.

Qadam 8
Tugallandi

Ustini yopib, ko'tarilishi uchun qoldiramiz.

So'ng sut va tuxum sarig'ini aralashtirib surtamiz. 180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm un
1 dona tuxum
10 gramm quruq xamirturush
100-120 gramm shakar
200 millilitr iliq sut
75 gramm yumshatilgan sariyog'
0.5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
150 gramm shokoladli pasta
oldingi
«Kapreze» shokoladli torti
keyingi
Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.