Shokoladli pastali bulochkalar
Masalliqlar:
-
400-500 gramm un
-
8 gramm quruq xamirturush
-
180 millilitr sut
-
2 osh qoshiq shakar
-
60 gramm sariyog'
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
120 gramm Crafers shokoladli pastasi
Yo’nalishlar
Xamirturushli juda yumshoq va tezpishar bulochkalar retsepti bilan tanishtiramiz. Xohishga qarab, ularning ichiga jem, mak, tvorog yoki bo’lmasam, xuddi bizdek – shokoladli pasta solib pishirish mumkin.
Shuningdek bunday bulochkalarning tashqi ko’rinishi ham ishtahani ochib yuborishi hech gap emas.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400-500 gramm un | |
8 gramm quruq xamirturush | |
180 millilitr sut | |
2 osh qoshiq shakar | |
60 gramm sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
120 gramm Crafers shokoladli pastasi |
Achitqili aralashma (opara)sini tayyorlaymiz. Iliq sutga 1 choy qoshiq shakar va xamirturushni solamiz. Aralashtirib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
Alohida idishga esa tuxum, qolgan sut, tuz va shakarni solamiz. Ustidan ko'pchigan xamirturushni ham solamiz. Unni yarmini elab solamiz va aralashtirib olamiz.
So'ng esa sariyog'ni va qolgan unni ham solib, xamir qorib olamiz. Xamir ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni olib, stol ustiga yoyamiz. Xamirni 60x30 sm kattalikda yoyib olamiz.
To'rtala tomonidan ham 1.5 sm dan joy qoldirib, qolgan hamma joyiga yumshagan shokoladli pastadan surtib chiqamiz.
Xamirni uchga buklab olamiz, chetlarini yaxshilab yopishtirib, ustidan o'qlov bilan bir-ikki yoyib olamiz.
So'ng xamirdan 2.5 sm li 12 ta uzun lentalar kesib chiqamiz.
Har bir xamir bo'lagini ikkala uchidan ushlab, bir tomonini 3-4 marotaba aylantiramiz va ikkita uchini birlashtirib, aylanasimon ko'rinishga keltiramiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz va 180 c darajada 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: Crafers
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
400-500 gramm un | |
8 gramm quruq xamirturush | |
180 millilitr sut | |
2 osh qoshiq shakar | |
60 gramm sariyog' | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
120 gramm Crafers shokoladli pastasi |