fbpx
Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong’oqli pishiriqlar

Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong’oqli pishiriqlar

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Mayin ta’mli va og’izda erib ketuvchi yong’oqli pishiriqlar retseptini qabul qiling!

Bunday shirinlik ajoyib ko’rinishi bilan har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlabgina qolmasdan, ta’mi bilan ham ko’pchilikning qalbidan chuqur joy egallaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Asosiga:
180 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 dona yirikroq tuxum
50 gramm shakar
100-120 gramm suyuq asal
100 gramm smetana
50 millilitr o'simlik yog'i
50 millilitr achchiq qilib damlangan choy Erl Greydan foydalanish ham mumkin
80 gramm tozalangan yong'oq
Glazuriga:
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq kakao kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Korjini pishirib olamiz:

Unni qabartma bilan aralashtirib, tog'orachaga elab solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa tuxum, shakar, asal, smetana va o'simlik yog'ini solamiz. Shuningdek, damlangan choyni ham quyamiz (1 ta kichkina o'ramchali choyga 50 millilitr qaynoq suv quyib, damlaymiz).

Agar asal quyuq bo'lsa, unda uni ozroq isitib, suyultirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unli massani solib, silliq holatga kirgunicha tezda aralashtirib olamiz. O'rtacha kattalikda maydalangan yong'oqlarni solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kattaligi 30x20 santimetrli qolipga pergament qog'oz to'shab, xamirni quyamiz va ustini silliq qilib olamiz. So'ng esa 175 С darajada qizigan pechga qo'yib, 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan korjni ustini ssochiq bilan yopib, sovutib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Glazurini tayyorlab olamiz:

Shakar bilan sariyog'ni tog'orachaga qo'yib, suv bug'iga qo'yamiz. Aralashtirib, turamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Smetana va kakaoni solamiz. Quyuqlashguniga qadar aynatib turamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Iliq glazurni pirog ustidan quyamiz. Biroz tingandan so'ng kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Asosiga:
180 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 dona yirikroq tuxum
50 gramm shakar
100-120 gramm suyuq asal
100 gramm smetana
50 millilitr o'simlik yog'i
50 millilitr achchiq qilib damlangan choy Erl Greydan foydalanish ham mumkin
80 gramm tozalangan yong'oq
Glazuriga:
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq kakao kukuni
oldingi
Tvorogli pirog
keyingi
Brinza solingan lavashli konvertchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.