Sarimsoqpiyoz va limon qo’shib qovurilgan qovoqchalar
Masalliqlar:
-
2 ta qovoqcha
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
2-3 ta shoxcha petrushka
Yo’nalishlar
Ba’zida eng oddiy taom ham, juda mazali tuyulishi mumkin! Limon va sarimsoqpiyoz qo’shib pishirilgan qovoqchalar har qanday taom uchun juda mazali gazak bo’la olishi aniq.
Biz qovoqchani gril-tovada pishirdik, lekin sizda bunday tova mavjud bo’lmasa, unda uni oddiy tovada ham qovurib olishingiz mumkin.
Taomga taxminan sarflaniladigan pul – 5 000 so’m.*
*narx manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
2-3 ta shoxcha petrushka |
Qovoqchalarni yuvib, qalinligi 5-7 mm aylanachalarga kesib chiqamiz.
Kichikroq idishga zaytun moyi, limon sharbati, maydalangan sarim soqpiyoz, tuz va murchni solib aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan aralashmani qovoqcha ustidan solamiz va yaxshilab aralsahtiramiz.
Ustini yelim qog'ozda yopib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Gril tovasini yaxshilab qizdiramiz.
Qovoqcha bo'laklarini tovaga terib chiqamiz.
O'rtacha olovda har bir tarafidan 4-5 daqiqadan qovurib olamiz.
Qovurish vaqti farq qilishi mumkin.
Qovoqchalarni tovadan olib, likopchaga terib chiqamiz. So'ng ustidan tuz va qora murch sepamiz.
To'g'ralgan petrushka va ta'bga qarab limon sharbati sepamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
2-3 ta shoxcha petrushka |