Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch
Masalliqlar:
-
1 bosh qizil piyoz
-
1 dona qizil sabzi
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
bir bog' yashil loviya
-
1 banka konservalangan makkajo'xori
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1,5 stakan guruch
-
0,5 choy qoshiq zarchava
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Taomlarga qo’shimcha guruchli gazaklar har doim bir xil bo’lsa, darrov me’daga tegishi aniq.
Shu sababli ham bugun sizlarga sabzavotlar qo’shib pishiriladigan guruchli taomning retseptini taklif qilamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 9 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 bosh qizil piyoz | |
1 dona qizil sabzi | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
bir bog' yashil loviya | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1,5 stakan guruch | |
0,5 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Guruchni yuvamiz va barcha suvi oqishi uchun g'alvirga solamiz.
Chuqurroq tovaga yog' solib qizdiramiz.
Mayda tog'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni tovaga solib qovuramiz.
Piyoz biroz tillarangga kirsa, oldindan to'rtburchak to'g'ralgan barcha sabzavotlarni, solamiz. Albatta makkajo'xoridan tashqari.
Baland olovda tinmasdan aralashtirib, 3 daqiqa qovuring.
Tuz va murch seping, ta'bga qarab makkajo'xori va zarchavani soling.
Ustidan guruchni soling va u o'ziga yog'ni shimdirishi uchun 2 daqiqa qovurib oling.
Guruchni o'lchab solgan stakanda 3 stakan suv soling va aralashtiring.
Qaynash boshlaganda olovni pasaytiring va qopqog'ini yopib, suvini shimib olguncha, taxminan 10-12 daqiqa dimlab pishiring.
Olovni o'chiring va qopqog'ini yyopib, 5 daqiqa tindirib qo'ying. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bosh qizil piyoz | |
1 dona qizil sabzi | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
bir bog' yashil loviya | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1,5 stakan guruch | |
0,5 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |