fbpx
Ruscha shanejkalar

Ruscha shanejkalar

Taomlari:

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Bu yetarlicha to’yimli taom, ammo u juda oddiy va nisbatan tez tayyorlanadi, shuningdek, tushlikdan keyin qolgan kartoshka pyuresini ishlatish muammosini ham hal qiladi.

Bu siz tanlagan har qanday asos bilan tayyorlanadigan ochiq mini piroglarning bir turidir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
450 gramm un
1 ta tuxum
120 millilitr sut
1 osh qoshiq smetana
bir chimdim tuz
asosiga
500 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
1 ta tuxum
1 bog' istalgan ko'katlar
1 choy qoshiq tuz va murch
100 gramm yumshatilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Un, iliq sut, tuxum, smetana va 1 osh qoshiq sariyog'dan xamir qoramiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqaga tindiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra kartoshkani qaynatib, pyure hosil qilamiz va tuxum solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Maydalangan piyozni sariyog'da qovurib, tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idishda kartoshka pyure, qovurilgan piyoz va maydalangan ko'katlarni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni 10-12 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz. Bo'laklarni diametri 10 sm keladigan doira shaklida yoyib olamiz. Har birini o'rtasiga asosini solib, xamir chetlarini chimchilab chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shanejkalarga tuxum sarig'ini suritib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa qizargunicha pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor shanejkalarga eritilgan sariyog' quyib, ta'bga ko'ra maydalangan ko'katlarni sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
450 gramm un
1 ta tuxum
120 millilitr sut
1 osh qoshiq smetana
bir chimdim tuz
asosiga
500 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
1 ta tuxum
1 bog' istalgan ko'katlar
1 choy qoshiq tuz va murch
100 gramm yumshatilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
«Olmali bo’lakchalar» pechenyesi
keyingi
Videoretsept: frikadelkali oddiy pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.