Rovoch va merengali tart
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
200 gramm un
-
130 gramm muzdek sariyog'
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
1/2 choy qoshiq qabartma
-
50 gramm shakar upasi
-
2 ta tuxum sarig'i
-
Asosiga:
-
300 gramm po'stidan tozalangan rovoch
-
100 gramm shakar
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
Merengasi uchun:
-
2 ta tuxum oqi
-
50 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Merengali tartlar bizning jon-u dilimiz! Asos uchun rezavor mevalar eng mazalisi deb hisoblar edik va bugun uni rovochdan ham tayyorlab ko’rdik. Natijasi esa kutganimizdan ham ziyoda bo’ldi.
Qiziqarli bu retsept asosida siz ham pishirib ko’ring va yaqinlaringizni lol qoldiring! Agarda sizda rovoch bo’lmasa, unda o’rniga bemalol nordon olmadan soling.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
200 gramm un | |
130 gramm muzdek sariyog' | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1/2 choy qoshiq qabartma | |
50 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
300 gramm po'stidan tozalangan rovoch | |
100 gramm shakar | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
Merengasi uchun: |
|
2 ta tuxum oqi | |
50 gramm shakar | |
bir chimdim tuz |
Asosiga:
Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz.
Tog'orachaga un, qabartma va tuzni elab solamiz. Shakar upasini solib, aralashtirib olamiz.
Muzdek sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz, qo'lda yaxshilab, tezda aralashtirib olamiz.
Bunda sariyog' qo'l taftidan tezda erib ketmasligi uchun tez-tez qilinadi.
Tuxum sariqlarini solib, aralashtirib olamiz. Xamirni aylana shaklga keltirib, yelim xaltaga solamiz va 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni aylanasi 25 sm li kattalikda, yoki uzunchoq 35х11 sm kattalikda, 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Tavsiya: xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoysangiz, osonroq kechadi.
Xamirning ortqicha chetki qismlarini kesib tashlaymiz, chetlarini o'rtasidan balandroq qilib olamiz. So'ng sanchiq bilan bir nechta joyini teshib, 15 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Asosiga:
Rovochni po'stidan tozalab, to'rtburchak shaklda yoki 1-1.5 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz.
Tog'orachaga rovoch, shakar va kraxmalni solamiz. Aralashtirib olamiz.
Aralashmani sovigan xamir ustidan solamiz.
190 C darajada qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirogni pechdan olib, biroz sovutib olamiz.
Tuxum oqlariga tuz sepib, mikserda ko'pirtirib olamiz. Ko'pirtirishnni to'xtatmay, ozroq tuz sepamiz. Qattiq ko'pik hosil bo'guniga qadar ko'pirtiramiz.
Rovochli asos ustidan ko'pirtirilgan tuxum oqini pishiriq qopchasi yordamida shakl berib chiqamiz.
200 C darajada qizdirilgan pechda 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
200 gramm un | |
130 gramm muzdek sariyog' | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1/2 choy qoshiq qabartma | |
50 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
300 gramm po'stidan tozalangan rovoch | |
100 gramm shakar | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
Merengasi uchun: |
|
2 ta tuxum oqi | |
50 gramm shakar | |
bir chimdim tuz |