Room 5 kafesidan retsept: minestrone sho’rvasi
Masalliqlar:
-
30 gramm qovoqcha
-
30 gramm baqlajon
-
20 gramm qizil piyoz
-
70 gramm pomidor
-
50 gramm shampinyon
-
30 millilitr zaytun moyi
-
4 piyola suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab ko'katlar
Yo’nalishlar
Italyancha minestrone sho’rvasini o’zingiz uyda tayyorlashni istaysizmi? Room 5 mashhur kafesi o’zining retseptlarini biz bilan bo’lishishga qaror qildi.
Minestrone bu yengil va juda foydali italyancha sho’rva bo’lib, mavsumiy sabzavotlardan tayyorlaniladi. Hazm bo’lishi qiyin ovqatlardan charchagan bo’lsangiz, unda shunday sho’rvalar ayni muddao.
Masalliqlar:
30 gramm qovoqcha | |
30 gramm baqlajon | |
20 gramm qizil piyoz | |
70 gramm pomidor | |
50 gramm shampinyon | |
30 millilitr zaytun moyi | |
4 piyola suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab ko'katlar |
Barcha sabzavotlarni mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Piyozni avval tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Sabzavotlarni qolganini ham va past olovda navbat va navbat qovurib olamiz.
Piyozga avval qovoqchani solamiz, so'ng baqlajonni va qo'ziqorinni solib 3 daqiqa qovuramiz.
Pomidorni ham to'g'rab qolgan sabzavotlarga qo'shib qovuramiz.
Pomidorni solgandan so'ng undan boshqa sabzavotlarni pishishini susaytiruvchi kislota ajraladi.
Sabzavotlar chala pishganidan so'ng, ustidan qaynagan suv solamiz.
Tuz va murchini rostlaymiz va 10 daqiqa tayyor bo'lgunicha pishiramiz.
Tayyor sho'rvani guruch yoki “orzo” makaronlari (tashqi ko'rinishi guruchga o'xshab ketadi) bilan tortishingiz mumkin va ko'katlardan sepib bezatasiz.
O'zingizni sinab ko'ring!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
30 gramm qovoqcha | |
30 gramm baqlajon | |
20 gramm qizil piyoz | |
70 gramm pomidor | |
50 gramm shampinyon | |
30 millilitr zaytun moyi | |
4 piyola suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab ko'katlar |