Rezavor mevalardan bilan qilingan kremli «Angelskiy» ruleti
Masalliqlar:
-
Biskvitiga:
-
130 gramm tuxum oqi
-
80 gramm shakar upasi
-
80 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
3 gramm qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
Kremiga:
-
80 gramm rezavor mevalardan pyure
-
200 gramm tvorogli pishloq
-
70 gramm shakar upasi
-
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
Bezatish uchun:
-
70 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
30 gramm shakar upasi
Yo’nalishlar
Bugungi hashamatdor va ishtahaochar ruletni bizlar tuxum oqidan tayyorladik. Tayyorlash jarayoni esa juda oson bo’lib, hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Ayniqsa sovutgichda tuxum oqi ortib qolgan paytlarda, shartta olib, mana bunday rulet tayyorlab ko’ring. Shuningdek tuxum oqi ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan zich yopib, muzlatgichda uzoq muddatgacha saqlash mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 33 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
130 gramm tuxum oqi | |
80 gramm shakar upasi | |
80 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 gramm qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Kremiga: |
|
80 gramm rezavor mevalardan pyure | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
70 gramm shakar upasi | |
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
Bezatish uchun: |
|
70 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm shakar upasi |
Biskvitini tayyorlaymiz:
Tuxum oqi va bir chimdim tuzni pufakchalar hosil bo'lgunicha ko'pirtirib olamiz.
Shakar upasi va vanil shakarini oz-ozdan solib, usti yaltiroq ko'rinishga kirmaguncha ko'pirtirib olamiz.
Un va qabartmani elab solamiz va lopatka yordamida aralashtirib olamiz.
25x25 sm kattalikdagi pech patnisiga pergament qog'oz to'shab, xamirni quyamiz.
160-170 C darajada qizigan pechda, 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan biskvitni ozgina sovutib, so'ng pergamentini olib tashlaymiz va sochiq bilan birga ruletsimon shaklda o'raymiz. To'liq soviguniga qadar shu holatda qoldiramiz.
Kremini tayyorlab olamiz:
Xohlagan mevalar - olcha, gilos, qulupnay yoki malinani blenderda ezib maydalaymiz.
Tvorogli pishloq va shakar upasini ko'pirtirib olamiz va mevali pyure bilan aralashtirib olamiz.
Alohida idishga qaymoqni solib ko'pirtiramiz va so'ngra krem bilan birga aralashtirib olamiz.
Kremni ruletga surtamiz va o'rab, pergament qog'oz yoki folga qog'ozga solib, xuddi konfetdek o'raymiz va ikki soat, iloji bo'lsa bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qaymoq bilan shakar upasini ko'pirtirib, rulet ustiga surtib chiqamiz.
Ta'bga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
130 gramm tuxum oqi | |
80 gramm shakar upasi | |
80 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
3 gramm qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Kremiga: |
|
80 gramm rezavor mevalardan pyure | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
70 gramm shakar upasi | |
50 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
Bezatish uchun: |
|
70 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
30 gramm shakar upasi |