fbpx
«Rafaello» konfetlari

«Rafaello» konfetlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kokos qirindisiga belangan, ichi nafis kremli «rafaello» konfetlarini ham uy sharoitida tayyorlashning iloji bor. Quyidagi eng sodda retseptimizga tayanib, siz ham ulardan tayyorlab ko’ring.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

180 gramm yumshatilgan sariyog'
380 gramm quyultirilgan sut
140 gramm kokos qirindisi
30 gramm tozalangan bodom
Qadam 1
Tugallandi

Yumshagan sariyog'ni mikserda oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratidagi quyultirilgan sutni solamiz va silliq bo'lgunicha mikser past tezligida aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

100 gramm kokos qirindisini sepib, aralashtirib olamiz, qolganini esa belash uchun olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aralashmani 1-2 soatga sovutgichga yoki 1 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz. Sovigandan so'ng ulardan shaklchalar yasash oson kechadi.

Qadam 5
Tugallandi

Orasiga bittadan bodom qo'yib, koptokchalar yasab olamiz. Kokos qirindisiga belab olsak bo'ldi, konfetlar ham tayyor!

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

180 gramm yumshatilgan sariyog'
380 gramm quyultirilgan sut
140 gramm kokos qirindisi
30 gramm tozalangan bodom
oldingi
Videoretsept: Dolchinli o’rama bulochkalar
keyingi
Vupi pay – amerikancha kremli biskvitlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.