fbpx
Qovurilgan kartoshka tayoqchalari

Qovurilgan kartoshka tayoqchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshka pyuresining tayoqcha shaklidagi antiqa turi. Tayoqchalar ichi yumshoq tashqi esa qarsildoq bo’lib pishadi.

Bunday tayoqchalar tamaddi uchun yoki birinchi taomlar oldiga tortish uchun a’lo tanlov.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm qaynatilgan kartoshka
120 gramm makkajo'xori kraxmali
150 millilitr o'simlik yog'i
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani tozalaymiz, yuvib, o’rtacha shakldagi bo’laklarga bo’lamiz. Taxminan 20 daqiqa mobaynida yumshagunicha pishiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshkaga ziravorlar qo’shib pyure qilib ezamiz. So’ngra sovutgani qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pyurega kraxmal qo’shamiz. Barcha masalliqlarni, kraxmal va pyure birlashgunicha, yaxshilab aralashtiramiz. Yumshoq kartoshkali xamir hosil bo’lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Pergament qog’ozida kartoshkali xamirni yoyamiz va muzlatgichga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovutilgan xamirni tayoqchalarga kesamiz va qizartirib qovuramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm qaynatilgan kartoshka
120 gramm makkajo'xori kraxmali
150 millilitr o'simlik yog'i
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
oldingi
Videoretsept: olchali pechenye «boyqush ko’zlari»
keyingi
Videoretsept: rulet tiramisu

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.