Qovurilgan bananli tostlar
Masalliqlar:
-
3-4 ta banan
-
40 gramm sariyog'
-
80 gramm shakar
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
8 bo'lak baton yoki toster noni
-
qovurish uchun sariyog'
Yo’nalishlar
Nonushtangizga o’zgartirishlar kiritib, karamellanga bananli tostlardan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.
Bu yegulik to’g’risida ko’p va xo’p gapirish mumkin bo’lib, tayyorlash karayoni esa umuman buning aksi: bir necha daqiqa va mazali nonushta tayyor.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3-4 ta banan | |
40 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
8 bo'lak baton yoki toster noni | |
qovurish uchun sariyog' |
Toster nonlarini sariyog' solingan tovada ikkala tomonini yaxshilab qovurib olamiz.
Toza va quruq tovaga shakar va limon sharbatini solamiz. Bu shakarning uyumlashib qolishini oldini oladi. So'ng sariyog'ni solib, silliq va och rangli karamel hosil bo'lguniga qadar aralashtirib turamiz.
Bananlarni po'stidan tozalab, 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.
Bananlarni tovaga, karamel ustiga terib chiqamiz va ikkala tomonini 1 daqiqadan qovurib olamiz.
Karamellangan bananlarni non bo'laklari ustidan karameli bilan solamiz va issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3-4 ta banan | |
40 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
8 bo'lak baton yoki toster noni | |
qovurish uchun sariyog' |