Qovoqdan pishirilgan yupqalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gramm un
-
170 millilitr iliq suv
-
1 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
0.5 kilo qovoq
-
2-3 ta piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab zira
-
ikki osh qoshiq smetana
-
Ustiga:
-
1 ta tuxum sarig'i
-
ta'bga qarab sedana
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga qovoqdan ajoyib pishiriq tayyorlashni o’rgatamiz. Yupqaga ham, somsaga ham o’xshamagan bu yegulik juda ham tez tayyorlanishi va mayin ta’mi bilan sizga yoqsa ajab emas.
Pazandachilik sohasida yangi g’oyalarga ega bo’ling va biz bilan birga qoling!
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
170 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
0.5 kilo qovoq | |
2-3 ta piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab zira | |
ikki osh qoshiq smetana | |
Ustiga: |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab sedana |
Xamirini tayyorlab olamiz.
Iliq suvga tuzni solib aralashtiramiz. Unni idishga solamiz, ustidan iliq suvni solib, o'rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.
Xamir biroz yumshashi uchun ustidan ikki qoshiq yog' surtamiz va xamirni ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.
Bu vaqt mobaynida asosini tayyorlab olamiz. Qovoqni to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va piyozni ham yupqa to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Idishga solamiz, lekin aralashtirmaymiz. Xamirni yoyib, kesib bo'lgandan so'nggina, chunki aralashma o'zidan juda ko'p suv ajratadi.
Xamirni olib o'qlov bilan yupqa yoyamiz. Xamir qanchalik yupqa yoyilsa, uni iste'mol qilish shunchalik yoqimli bo'ladi.
Xamirni to'rtburchak shaklda, taxminan 10 X 10 sm da kesib chiqamiz.
Asosga tuz, murch, zira, yog' va smetanani solib aralashtiramiz.
Xamirni ichiga bir yarim osh qoshiqdan asos solib, xuddi konvertdek tugib chiqamiz.
Patnisga pergament qog'oz to'shab, ustidan ularni terib chiqamiz.
Qovoqli pishirig'imiz ustiga tuxum surtamiz va sedana sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
170 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
0.5 kilo qovoq | |
2-3 ta piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab zira | |
ikki osh qoshiq smetana | |
Ustiga: |
|
1 ta tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab sedana |