Qovoqli tatarcha burma
Masalliqlar:
-
xamir uchun
-
560 gramm un
-
1 ta tuxum
-
250 millilitr suv
-
asosi uchun
-
800 gramm qovoq
-
400 gramm piyoz
-
120 gramm sariyog'
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Burma – qirim tatarlarining an’anaviy taomi bo’lib, u xamirga o’ralib, pechda pishirilgan asosdir.
Uni o’z hoxushingizga ko’ra istalgan asosdan tayyorlashingiz mumkin. Ammo an’anaga ko’ra burmani go’sht yoki mavsumga qarab ta’bga ko’ra kartoshka solib, qovoqdan tayyorlashadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamir uchun |
|
560 gramm un | |
1 ta tuxum | |
250 millilitr suv | |
asosi uchun |
|
800 gramm qovoq | |
400 gramm piyoz | |
120 gramm sariyog' | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Xamir tayyorlaymiz:
Iliq suvga tuz va tuxum solib, aralashtiramiz.
Katta idishga un solib, o'rtasida chuqurcha hosil qilamiz va tuxumli suvni solamiz.
Cho'ziluvchan xamir qorib, yopishqoq plyonkaga o'raymiz va 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Qovoq va piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Ziravorlar sepib, aralashtiramiz.
Xamirni ikkiga bo'lamiz. Har bir bo'lakni yupqa qilib yoyamiz.
Xamirga eritilgan sariyog' surtib, chetlarida 5 smdan joy qoldirib, asosini solamiz.
Uzunroq tarafidan boshlab, rulet shaklida o'rashni boshlaymiz. Chetlarini yopishtiramiz.
Ruletni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga o'rab joylashtiramiz. Ikkinchi xamirdan ham shu tarzda rulet hosil qilamiz.