Qovoqchadan tayyorlangan qiymali pirojkalar
Masalliqlar:
-
500 gramm qovoqcha
-
2 ta tuxum
-
120 gramm un
-
60 gramm smetana
-
0,3 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra quritilgan timyan
-
250 gramm mol go'shtidan qiyma
-
120 gramm piyoz
-
100 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sizlarga ajoyib retsept taqdim etmoqchimiz – tez tayyor bo’ladigan qovoqchali pirojkalar. Bunday pirojkalar nonushta uchun ham, tushlik uchun ham mos keladi.
Qovoqcha va timyan ziravori uyg’unlashuvi sizga va oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
2 ta tuxum | |
120 gramm un | |
60 gramm smetana | |
0,3 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan timyan | |
250 gramm mol go'shtidan qiyma | |
120 gramm piyoz | |
100 millilitr o'simlik yog'i |
Qovoqchani qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz, ozroq tuz sepib, chetga olib qo'yamiz.
Qizdirilgan tovaga 50 millilitr o'simlik yog'ini quyib, mayda to'g'ralgan piyozni yengil oltin rang tusga kirgunicha qovurib olamiz.
Qiymani solib, aralashtirib turgan holda pishiramiz. So'ngra tova qopqog'ini yopib, 3-4 daqiqa pishiramiz.
Qovoqchani yaxshilab suvidan siqib, tuxum, smetana, soda solib, ziravorlar sepamiz.
Un solib, aralashtiramiz. Sal ko'proq yoki kamroq un ketishi mumkin. Xamir quyuq bo'lishi kerak emas.
Tovada 50 ml o'simlik yog'ini qizdiramiz. Xamirni yupqa doira shaklida quyamiz. Xamir qovoqchali quymoqchalarga solinadiganidan yupqaroq, diametri esa kengroq bo'lishi kerak. Doiraning bir tarafiga qiyma solib, ikkinchi tarafini esa ustidan yopamiz.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
2 ta tuxum | |
120 gramm un | |
60 gramm smetana | |
0,3 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan timyan | |
250 gramm mol go'shtidan qiyma | |
120 gramm piyoz | |
100 millilitr o'simlik yog'i |