fbpx
Qovoqchadan sous va fetaksa pishlog’i qo’shilgan pasta

Qovoqchadan sous va fetaksa pishlog’i qo’shilgan pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qovoqchadan sousli foydali pastaning oddiy va tez tayyorlanish usuli. Sous uchun masalliqlarning kutilmas aralashmasi, ammo juda lazzatli va to’yimli. 

Shuningdek, fetaksani o’rniga tofu ishlatsa bo’ladi, bunday holatda sizda vegan taomi bo’ladi.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm fettuchine pastasi
1 osh qoshiq tuz
2 ta o'rtacha qovoqcha
1 ta piyoz
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm feta pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
10 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
50 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Fettuchini pastasini tuzli suvda, qobiqdagi qo’llanmada ko’rsatilganday, qaynatamiz. Durshlagga olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda kubik shaklida to’g’raymiz. Qovoqchani dumaloq qilib kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Katta, chuqur tovada o’simlik yog’ini qizdiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz va sarimsoqpiyozni solib, 3-4 daqiqa davomida qizartirib qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovoqcha va ziravorlar qo’shamiz. O’rtacha olovda ikki tomonini qizartirib qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Blenderda qovurilgan qovoqcha va fetaksani maydalaymiz. Bir nechta qovoqchani bezatish uchun qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qovoqcha qovurilgan tovaga fettuchini pastasi, tayyor sous va pasta qaynatilgan suvdan 3-4 osh qoshiq qo’shamiz. Masalliqlarni 2-3 daqiqa davomida aralashtirib pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor pastani chuqur tarelkaga solib, ustini qovoqcha va qirg’ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm fettuchine pastasi
1 osh qoshiq tuz
2 ta o'rtacha qovoqcha
1 ta piyoz
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm feta pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
10 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
50 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Shokolad qo’shilgan suli yormasidan pechenye
keyingi
Panna-kotta shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.