Qizil lavlagili yaxna sho’rva
Masalliqlar:
-
3 dona qizil lavlagi
-
2 ta kartoshka
-
3-4 ta bodring
-
2 ta qaynatilgan tuxum
-
yarim bog' ko'k piyoz
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
ta'bga ko'ra ziravorlar
Yo’nalishlar
Yengil tushlik yoki kechki ovqat uchun ko’ngildagidek ovqat.
Vitaminlarga boy sabzavotlar tufayli ham bu sho’rva juda mazzali va foydali hisoblanadi. Bu sho’rva tayyor bo’lgandan so’ng bir oz damlab qo’yilsa, yanada ajoyib ta’mga ega bo’ladi.
Masalliqlar:
3 dona qizil lavlagi | |
2 ta kartoshka | |
3-4 ta bodring | |
2 ta qaynatilgan tuxum | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ta'bga ko'ra ziravorlar |
Qizil lavlagi po'stidan archiladi va ustidan suv (1.5 litr) quyilib, pishgunicha qaynatiladi.
Pishganidan so'ng olinib, sovitiladi va to'rtburchak shaklda to'g'raladi.
Kartoshka alohida qaynatiladi va sovitiladi. Kartoshka, tuxum va bodring to'rtburchak shaklda to'g'raladi. Yashil piyoz ham to'g'rab olinadi.
Hamma masalliqlar birlashtiriladi, limon sharbati siqib solinadi va ustidan lavlagi qaynatib olingan suv solinadi. Agar sho'rva juda quyuq bo'lib qolsa, ustidan mineral yoki qaynatilgan suv quyiladi va aralashtiriladi. Ta'bga ko'ra tuz va murch, sarimsoqpiyoz va xantal solinadi. Sho'rva qaynatilgan tuxum bo'lagi bilan bezatilib, yaxna holatda dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha !
Masalliqlar:
3 dona qizil lavlagi | |
2 ta kartoshka | |
3-4 ta bodring | |
2 ta qaynatilgan tuxum | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ta'bga ko'ra ziravorlar |