Qiyma bilan to’ldirilgan bulg’or qalampirlari
Masalliqlar:
-
250 gramm tovuq filesi
-
400 gramm bulg'or qalampiri
-
100 gramm shampinyon
-
50 gramm pishloq
-
50 gramm smetana yoki shakarsiz yogurt
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq go’shti va qo’ziqorin solib pishiriladigan bulg’orilar oddiy do’lmalarga nisbatan anchagina parhezbop hisoblanadi. Shunga qaramasdan ta’m va ko’rinish jihatidan ulardanda yaxshiroq bo’lib chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm tovuq filesi | |
400 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm shampinyon | |
50 gramm pishloq | |
50 gramm smetana yoki shakarsiz yogurt | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq go'shtini go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz.
Qo'ziqorinlarni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz va qiymaga solamiz. Smetanani ham solib, tuz va murch sepamiz. Yaxshilab aralashtiirb olamiz.
Bulg'or qalampirlarini urug'chalaridan tozalab, yuvib olamiz. Ichiga qiymadan solib chiqamiz.
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz va bulg'or qalampirlarining ustidan sepamiz. 180 C darajada qiizgan pechga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirb olamiz.
Ustidan to'g'ralgan ko'katlardan sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm tovuq filesi | |
400 gramm bulg'or qalampiri | |
100 gramm shampinyon | |
50 gramm pishloq | |
50 gramm smetana yoki shakarsiz yogurt | |
ta'bga qarab tuz va murch |