Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla
Masalliqlar:
-
5 ta qizil bulg'or qalampiri
-
2 ta baqlajon
-
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 choy qoshiq 9% li sirka
-
70 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Baqlajon va qizil bulg’or qalampirlaridan tayyorlaniladigan bugungi qaylamiz, quyuq bo’lib, go’shtli taomlar bilan iste’mol qilishga juda yaxshi.
Uni yangi pishloq yoki non bilan yesa, juda mazali.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
5 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta baqlajon | |
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
70 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz |
Gaz duxovkasini 200 C ga yoqib qo'yamiz.
Qizil bulg'or qalampirlarini ikkiga bo'lamiz, urug'chalari va dumchalaridan tozalaymiz.
Baqlajonlarni po'stidan archib ikkiga bo'lamiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va ustiga bulg'or qalampirlari va baqlajonlarni teramiz.
20 daqiqa gaz pechiga qo'yib pishiramiz.
Pishgan sabzavotlarni qozonga solib, qopqog'ini yopamiz.
10 daqiqadan so'ng, ochib, sabzavotlarni olamiz va bulg'or qalampirlarini po'stidan ajratib olamiz.
Blender idishiga baqlajon, sarimsoqpiyoz, ozroq tuz va o'simlik yog'ini yarmini solamiz. Maydalab olamiz, lekin pyuresimon ham bo'lib ketmasin.
Kattaroq idishga olamiz.
So'ng blenderga bulg'or qalampiri, bir chimdim yuz va qolgan o'simlik yog'ini solib, maydalaymiz.
Ularni baqlajonlarning ustiga solamiz, sirka qo'shib, aralashtirib olamiz.
Qaylani sovutgichda saqlaymiz, baliq va go'shtli taomlar bilan birga iste'mol qilamiz.
O'zini nonga surtib yesa ham bo'ladi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
5 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta baqlajon | |
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
70 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz |