Qahvali krem solingan Pari-Brest
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
90 millilitr sut
-
90 millilitr suv
-
75 gramm sariyog'
-
125 gramm un
-
3 ta tuxum
-
bir chimdimdan tuz va shakar
-
ustiga sepish uchun yeryong'oq yoki maydalangan bodom
-
Kremiga:
-
500 millilitr sut
-
5 ta tuxum sarig'i
-
2 choy qoshiq tez eriydigan qahva
-
100 gramm shakar
-
40 gramm un
-
30 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Pari-Brest — qaynatma xamir va kremdan tayyorlangan nafis fransuz shirinligi sanaladi. Ta’m jihatidan eklerlarga juda o’xshab ketib, halqachasimon ko’rinishda bo’ladi.
Tashqi ko’rinishi velosiped g’ildiragiga o’xshab ketishi sabab ham uni mashhur qandalotchi Lui Dyurand pishirgan va 1891-yildagi Parij-Brest-Parij velopoyga sharafiga atab nom berilgan. Ba’zan bunday pishiriqlar aylanasi 30-50 sm ni ham tashkil etadi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
90 millilitr sut | |
90 millilitr suv | |
75 gramm sariyog' | |
125 gramm un | |
3 ta tuxum | |
bir chimdimdan tuz va shakar | |
ustiga sepish uchun yeryong'oq yoki maydalangan bodom | |
Kremiga: |
|
500 millilitr sut | |
5 ta tuxum sarig'i | |
2 choy qoshiq tez eriydigan qahva | |
100 gramm shakar | |
40 gramm un | |
30 gramm qora shokolad |
Qozonga suv, sut, va sariyog'ni solib, o'rtacha olovga qo'yamiz. Sariyog' to'liq eriganidan so'ng, olovni biroz pasaytirib, tuz va shakarni sepamiz.
So'ng unni hammasini birdan solamiz va aralashma shar holatiga kelguniga qadar aralashtirib olamiz.
Xamir biroz sovishi uchun mikserda bir-ikki daqiqa ko'pirtirib olamiz.
Xamirni boshqa idishga olib, aralashtiramiz va sal iliganidan so'ng, bitta-bitta tuxumni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Pechni 170 C darajaga qizdirib, "konveksiya" rejimini yoqib qo'yamiz.
Patnisga pergament qog'oz to'shab, aylanasi 6 sm li uchta aylana shakl chizib olamiz.
Xamirni qandolatchilik qopchasiga solib, aylana chiziq ustidan uch marotaba chiqarib olamiz. Birinchi marta chiziqning ustidan, ikkinchisi yonidan zich qilib, va nihoyat uchunchi martasini shu ikkala xamirning teng ustidan chiqarib olamiz.
Ustidan maydalangan yeryong'oq yoki bodomdan sepamiz.
Pechga qo'yib, 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng gazni o'chirib, 5 daqiqaga pechda qoldiramiz. Birdan issiq-sovuq bo'lishi kerak emas, aks holda u o'tirib qoladi.
Kremini tayyorlaymiz
Sutni qaynash darajasiga keltirib, qahvani solib aralashtiramiz,
Alohida idishga tuxum sarig'i va shakarni solib ko'pirtiramiz. Unni ham solib, aralashtirib olamiz.
Sutni yarmini tuxumli massa ustidan quyib, aralashtirib olamiz. Qolgan yarmiga esa shokoladni solib, aralashtirib olamiz.
Tuxum-sutli aralashmani shokoladli sut ustidan quyib, aralashtiramiz va gazga qo'yib, quyulguniga qadar pishirib olamiz.
Kremni muzdekroq idishga quyamiz va ustiga teqizib, oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz.
Sovutgchga olib qo'yamiz.
Kremni qopchaga solamiz. Pishgan xamirlarni eniga kesib olamiz. Ikki qator qilib, pastki xamir ustidan kremni chiqaramiz va ikkinchi yarmi bilan ustini yopamiz.
Xohishga qarab, shakar upasidan sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
90 millilitr sut | |
90 millilitr suv | |
75 gramm sariyog' | |
125 gramm un | |
3 ta tuxum | |
bir chimdimdan tuz va shakar | |
ustiga sepish uchun yeryong'oq yoki maydalangan bodom | |
Kremiga: |
|
500 millilitr sut | |
5 ta tuxum sarig'i | |
2 choy qoshiq tez eriydigan qahva | |
100 gramm shakar | |
40 gramm un | |
30 gramm qora shokolad |