fbpx
Pomidor va pishloqli fransuzcha tostlar

Pomidor va pishloqli fransuzcha tostlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Fransuzlar nonushtaga nafaqat kruasan, balki mazali tostlardan ham iste’mol qilishadi. Sizlar bilan mazali va tez tayyor bo’ladigan nonushta retsepti bilan bo’lishamiz.

Bunday nonushta butun oilangizga yoqishiga aminmiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni qaymoq, tuz va murch bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yassi likopchaga quyib, aralashmaga non bo'laklarini bo'ktiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nonlar aralashmani yarimini shimib olganidan so'ng, ikkinchi tarafini o'giramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovani qizdirib, o'simlik yog'ini quyamiz va nonlarni ikki taraflama qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovada sendvichlarni hosil qilamiz. Non bo'lagiga pishloq, pomidor bo'lagi va yana pishloq qo'yib, ustidan nonning ikkinchi bo'lagini qo'yamiz. Agar kerak bo'lsa, taxta tayoqchalar tiqib, mahkamlaymiz.

Tayyor sendvichni pishlog'i erishi uchun 2 daqiqa tovada ushlab turamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Non-palov
keyingi
«Oreo» pechenyesiga ega brauni

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.