Pomidor va ismaloq qo’shib tayyorlanilgan pasta
Masalliqlar:
-
400 gramm xohlagan turdagi pasta
-
2 bog' ismaloq
-
500 gramm pomidor cherry
-
1 bosh piyoz
-
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
-
70 gramm qattiq pishloq
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
Yo’nalishlar
Har kuni go’shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go’shtsiz, ammo juda mazali taom!
Bu taomni tayyorlash sizdan ko’p vaqt va masalliqni talab qilmaydi.
Masalliqlar:
400 gramm xohlagan turdagi pasta | |
2 bog' ismaloq | |
500 gramm pomidor cherry | |
1 bosh piyoz | |
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
70 gramm qattiq pishloq | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq zaytun moyi |
Pastani "al-dente" usulida qaynatib olamiz, ya'ni o'rtasi sal qattiqroq bo'lishi kerak. Biz bugungi taom uchun farfalle pastasidan foydalanamiz.
Tovani gazga qo'yamiz, yog'ni solib qizdiramiz.
Mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni solib, 30 soniya davomida qovuramiz.
So'ng cherry pomidorlarini teng ikkiga bo'lamiz (agar ular juda kichkina bo'lsa butunligicha solamiz) va tovaga solib, 3-4 daqiqa dimlab qo'yamiz.
Ismaloqni yuvib, uchini kesamiz va tovaga solamiz.
Tuz va murchini rostlaymiz va rayhonni ham solamiz.
Ustidan pastani solib aralashtiramiz va 30 soniyadan so'ng gaz ustidan olamiz.
Likopchaga solib, ustidan pishloqni qirg'ichdan o'tkazib sepamiz va mazali ta'mdan bahramand bo'lamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm xohlagan turdagi pasta | |
2 bog' ismaloq | |
500 gramm pomidor cherry | |
1 bosh piyoz | |
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan rayhon | |
70 gramm qattiq pishloq | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq zaytun moyi |