fbpx
Pishloq va ko’katli quymoqlar

Pishloq va ko’katli quymoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu safargi mayin va yumshoq quymoqlarimizga shivit va pishloqdan solib pishirdik. Bunday quymoqlar ichiga asoslardan solinmaydi, ularning o’zi sersuv bo’lib pishadi.

Bunday quymoqlarga shivit, petrushka va kashnichdan ham solish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 millilitr kefir
7 osh qoshiq un
3 ta tuxum
150 gramm pishloq
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq iste'mol sodasi
1.5 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm xohlagan ko'katlar yarim bog'
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni tuz va kefir bilan ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'katlarni mayda to'g'rab olamiz, pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un, iste'mol sodasi va o'simlik yog'ini solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aralashmani tovaga solib, chetlari tillarangga kirgunicha pishiramiz. So'ng ag'darib, bu tomonini ham pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 millilitr kefir
7 osh qoshiq un
3 ta tuxum
150 gramm pishloq
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq iste'mol sodasi
1.5 osh qoshiq o'simlik yog'i
30 gramm xohlagan ko'katlar yarim bog'
oldingi
Videoretsept: Olmalar bilan gaz pechida pishirilgan tovuq
keyingi
Videoretsept: Kurka go’shtidan shnitsel

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.