fbpx
«Piko-de-gayo» meksikancha achchiq ta’mli salat

«Piko-de-gayo» meksikancha achchiq ta’mli salat

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Milliy meksika salati bir qaraganda oddiydek ko’rinadi. Lekin unga solinadigan zaytun yog’i va limon sharbati uning ta’mini umuman o’zgartirib yuboradi.

    Meksikada bu salat emas, balki qayla hisoblanib, deyarli barcha taomlar bilan birga tortiladi.

    Salatni sovutgichda bir necha kungacha saqlash mumkin, ammo pomidor sharbatini ajratib chiqarishi sabab ham, uni iloji boricha tezroq iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.

    Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    500 gramm pomidor
    1 dona qizil bulg'or qalampiri
    1 dona achchiq qalampir
    1 bosh piyoz
    2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    yarim bog' kashnich
    ta'bga qarab tuz va murch
    ta'bga qarab zaytun moyi
    yarimta limon sharbati
    Qadam 1
    Tugallandi

    Pomidorlarning ustidan qaynoq suv quyamiz, po'stidan ajratamiz va teng ikkiga bo'lamiz. Urug'chalaridan tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Achchiq qalampirni ham ikkiga bo'lamiz, urug'chalarini olib tashlaymiz va mayda qilib to'g'rab, katta idishga solamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Piyoz, bulg'or qalampiri va ko'katlarni ham mayda to'g'rab olamiz va idishga solamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Hammasini katta idishga solib tuz va murch sepamiz, zaytun moyi va limon sharbatini quyib aralashtiramiz. Tayyor salatni dasturxonga tortib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • 15 daqiqa
    • Portsiya 3
    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    500 gramm pomidor
    1 dona qizil bulg'or qalampiri
    1 dona achchiq qalampir
    1 bosh piyoz
    2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
    yarim bog' kashnich
    ta'bga qarab tuz va murch
    ta'bga qarab zaytun moyi
    yarimta limon sharbati
    oldingi
    Tovuq go’shti va qo’ziqorindan tayyorlanilgan brusketta
    keyingi
    Videoretsept: Piyozli qatlamalar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.