fbpx
Pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi

Pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mayin va sersuv tovuq filesi, pomidor, rayhon, motsarella pishlog’i – turli garnir uchun ajoyib qo’shimcha. 

Tovuq filesi yog’siz bo’lib pishadi, yoniga sabzavotli salat qo’shsa, foydali parxezbop taom bo’ladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
0,5 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta katta pomidor
180 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm rayhon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
20 gramm yong'oq
60 millilitr zaytun yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Pesto qaylasini tayyorlaymiz

Idishda rayhon, sarimsoqpiyoz, yong’oq, qirg’ichdan o’tkazilgan parmezan, zaytun yog’i va ziravorlarni aralashtirib, blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq filesini yuvib, quritib, ustini to’rtburchak shakllarga biroz kesamiz. Ziravorlar va o’simlik yog’i bilan marinadlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Motsarellani qirg’ichdan o’tkazamiz. Pomidorni katta halqa shaklida kesamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipni biroz yog’laymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pech uchun qolipga tovuq filesini qo’yamiz va ustiga pesto qaylasini surtamiz. Ustiga pomidor terib, qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

190C gacha qizdirilgan pechga 25 daqiqaga qo’yamiz. 
Ta’bingizga ko’ra garnir bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 35 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
0,5 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 ta katta pomidor
180 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm rayhon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
20 gramm yong'oq
60 millilitr zaytun yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: dangasa «Napoleon»
keyingi
Batafsil fotoretsept: malina qo’shilgan limonli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.