Pekincha usulda pishirilgan tovuq
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
150 gramm bulg'or qalampiri
-
2 osh qoshiq guruch sirkasi
-
2 choy qoshiq pomidor pastasi
-
100 gramm konservalangan ananas halqachalari
-
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
10 gramm yangi uzilgan zanjabil
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
3 choy qoshiq shakar
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
150 millilitr suv
Yo’nalishlar
Ko’pchilik ayollarimiz oddiy masalliqlardan noodatiy ta’m va ko’rinishdagi taomlardan tayyorlashni xohlashadi.
Sharqona ziravorlardan solib, uy sharoitida tayyorlanilgan taom tez va oson pishiriladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
150 gramm bulg'or qalampiri | |
2 osh qoshiq guruch sirkasi | |
2 choy qoshiq pomidor pastasi | |
100 gramm konservalangan ananas halqachalari | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
10 gramm yangi uzilgan zanjabil | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 choy qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 millilitr suv |
Bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Xohishga qarab, har xil rangli bulg'or qalampirlaridan ishlatish mumkin.
Ananasni ham xuddi shunday shaklda to'g'raymiz. Zanjabil va sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz.
Tovaga 1 osh qoshiq o'simlik yog'i quyib, sarimsoqpiyoz, zanjabil va bulg'or qalampirini solamiz.
Ananas, soya qaylasi, guruch sirkasi, shakar, pomidor pastasi va suvni solamiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib, suvni ham quyamiz. Agarda nordon bo'lmasa, sirkadan solamiz, agar shira yetishmayotgan bo'lsa, unda shakar soling. Tuzning o'rniga esa soya qaylasidan solamiz. Gazdan olamiz.
Tovuq go'shtini yupqaroq qilib to'g'raymiz va kraxmalga yaxshilab botirib olamiz.
Boshqa tovaga o'simlik yog'i quyib, o'rtacha olovda tovuq go'shtini qovurib olamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
150 gramm bulg'or qalampiri | |
2 osh qoshiq guruch sirkasi | |
2 choy qoshiq pomidor pastasi | |
100 gramm konservalangan ananas halqachalari | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
10 gramm yangi uzilgan zanjabil | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
3 choy qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 millilitr suv |