Pastitsio – grekcha toblatma
Masalliqlar:
-
400 gramm yo'g'on uzun makaronlar
-
300 gramm qattiq pishloq
-
1 choy qoshiq tuz
-
2 litr suv
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
5 gramm sariyog'
-
Qiymali qismi uchun:
-
600 gramm mol go'shtidan qiyma
-
75 gramm pomidor pastasi
-
200 gramm piyoz
-
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
2 osh qoshiq maydalangan dolchin
-
0,5 choy qoshiqdan tuz va murch
-
Beshamel' qaylasi uchun:
-
750 millilitr sut
-
2 osh qoshiq un
-
50 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
bir chimdim tuz
-
0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Masalliqlar:
400 gramm yo'g'on uzun makaronlar | |
300 gramm qattiq pishloq | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 litr suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
5 gramm sariyog' | |
Qiymali qismi uchun: |
|
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
75 gramm pomidor pastasi | |
200 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq maydalangan dolchin | |
0,5 choy qoshiqdan tuz va murch | |
Beshamel' qaylasi uchun: |
|
750 millilitr sut | |
2 osh qoshiq un | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i |
Qiymali qismini tayyorlab olamiz. Piyozni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni ham mayda to'g'rab olamiz. Tovaga yog' solib, piyoz va sarimsoqpiyozni qovurib olamiz.
Ustidan qiymani solamiz. Qovurish jarayonida aralashtirib olamiz. Qiyma oq rangga kirsa, qoppoqini yopib, 10 daqiqa davomida dimlab qo'yamiz. Har zamon kovlab qo'yishni unutmaymiz.
Suvi bug'lanib ketganidan so'ng esa tuz, murch va dolchinni solib aralashtiramiz. Past olovda bir daqiqa davomida qovurib olamiz.
Pomidor pastasini solib, 1-2 daqiqa muntazam aralashtirib qovurib olamiz. So'ng tagini o'chirib qo'yamiz.
Beshamel' qaylasini tayyorlab olamiz
Tovaga sariyog'ni solib eritamiz va ustidan o'simlik yog'ini solamiz.
Yog' qizigandan so'ng, unni solamiz. Qaylani past olovda tayyorlash muhim. Aks holda, qayla tez quyulib, tagi oladi.
U unni yaxshilab aralashtiramiz. U barcha yog'ni o'ziga shimdirib olamiz.
Xona haroratidagi sutni oz-ozdan solamiz. Avval sutning yarmini solamiz. Boshida uyumlar paydo bo'ladi. Yaxshilab aralashtirb olamiz va sutning qolgan qismini solamiz. Shu bosqichdan boshlab, kovlab turishni to'xtatmaymiz. Agar uyumlar yo'qolgan bo'lsa, endi uni blenderda maydalab olamiz.
Maydalangan muskat yong'og'i va tuz solamiz.
Qaylani 5 daqiqa qaynatamiz. Uning quyuqligi smetanaga o'xshaydi. Ammo unning sifatiga qarab, u biroz boshqacharoq bo'ladi. Agar qayla quyuq chiqsa, unda yana biroz sut qo'shib, qaynatib olamiz.
Makaronlarni tayyorlab olamiz. Suvga tuz va biroz o'simlik yog'i solib, makaronlarni Al-Dente darajada qaynatib olamiz. Ya'ni ularning tayyor bo'lishiga 2-3 daqiqa qolganda olamiz, gaz pechida esa yana pishadi.
Issiqlikka chidamli qolipga makaronlarning yarmini solamiz.
Ustidan beshamel' qaylasining 1/3 qismini solib, qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni yarmini sepamiz.
Qiymali asosni bir tekis qilib solib chiqamiz.
Ustidan makaronning qolgan qismini solamiz. Ustidan beshamel' qaylasini qolgan qismini quyib, pishloqni ham sepamiz.
Oldindan 180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa, tillarangga kirgunicha pishirib olamiz.
Taomni yarim soat davomida sovutamiz va keyingina dasturxonga tortib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm yo'g'on uzun makaronlar | |
300 gramm qattiq pishloq | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 litr suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
5 gramm sariyog' | |
Qiymali qismi uchun: |
|
600 gramm mol go'shtidan qiyma | |
75 gramm pomidor pastasi | |
200 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
2 osh qoshiq maydalangan dolchin | |
0,5 choy qoshiqdan tuz va murch | |
Beshamel' qaylasi uchun: |
|
750 millilitr sut | |
2 osh qoshiq un | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i |