Oshirma xamirdan tayyorlangan o’rama pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
430 gramm un
-
12 gramm quruq xamirturush
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
200 millilitr sut
-
35 gramm o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
160 gramm piyoz
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
100 gramm marinadlangan bodring
-
ta'bga qarab ketchup
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
Ustiga:
-
1 dona tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq sut
-
sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Bu pirog shu darajada chiroyliki, uni bemalol bayram dasturxoniga tayyorlash mumkin. Uning xamiri juda mayin, asosi esa to’yimli va sersuv bo’lib, hammaga birdek yoqishi aniq.
Biz retseptimizda bunday o’rama pirogni qanday qilinishini batafsil aytib beramiz. Asosiga marinadlangan bodringlarni solinishi esa, ularga o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 32 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
430 gramm un | |
12 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
200 millilitr sut | |
35 gramm o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
160 gramm piyoz | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm marinadlangan bodring | |
ta'bga qarab ketchup | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
Ustiga: |
|
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
sepish uchun kunjut |
Chuqurroq idishga 120 gramm un, shakar, tuz, xamirturushni solamiz, ustidan iliq sutni quyib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.
O'simlik yog'i va tuxumni solib, aralashtirib olamiz.
Oz-ozdan un solib, avval venchikda, so'ng esa qo'lda xamir qorib olamiz. Xamir o'rtacha, qo'lga yopishmaydigan bo'lishi lozim. Agar xamir juda suyuq bo'lsa, unda yana ozroq undan qo'shing.
Xamirni kattaroq tog'oraga solib, ustini yopamiz, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir 2-3 hissaga oshishi kerak.
Xamir oshgunicha asosni tayyorlab olamiz.
Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab, o'simlik yog'ida qovurib olamiz.
Ustidan qiymani solamiz, tuz va murch sepib, birga qiyma oqargunga qadar qovuramiz.
Marinadlangan bodringlarni ham to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Oshgan xamirni teng ikkiga bo'lib olamiz.
Har ikkala xamirni alohida-alohida oval shaklda, 4 mm qalinlikda yoyib olamiz va pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga olib qo'yamiz.
Har bir xamir o'rtasiga qiymadan solamiz, ustidan ketchup surtamiz va to'g'ralgan bodrinlarni solib chiqamiz.
Xamirning ikki chetidan uzun lentalar kesib chiqamiz. Ikkala tomonida ham ularning soni bir xil bo'lishi kerak.
Xamirlarning ustini xuddi sochni o'rgandek, o'rab chiqamiz. Bunda xamir asosni to'liq yopishi zarur.
Tuxum va sutni aralashtirib, pirogning ustiga surtamiz. Ustidan kunjut sepib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng pirogga 10-15 daqiqa dam berib, keyin dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
430 gramm un | |
12 gramm quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
200 millilitr sut | |
35 gramm o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
160 gramm piyoz | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
100 gramm marinadlangan bodring | |
ta'bga qarab ketchup | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
Ustiga: |
|
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
sepish uchun kunjut |