«Oreo» pechenyesiga ega brauni
Masalliqlar:
-
160 gramm sariyog'
-
3 ta katta hajmdagi tuxum
-
200 gramm qora shokolad
-
150 gramm shakar
-
1 osh qoshiq kakao kukuni
-
40 gramm un
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
150 gramm "oreo" pechenyesi
Yo’nalishlar
«Oreo» pechenyesiga ega brauni – mazali, chiroyli va oson tayyorlanadigan ajoyib shirinlik bo’lib, qolaversa u shokoladga juda boy.
Qarsildoq pechenye bo’laklari braunining nam teksturasi bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi. Barcha shirinlik muxlislariga ushbu desertga e’tibor qaratishlarini tavsiya etamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
160 gramm sariyog' | |
3 ta katta hajmdagi tuxum | |
200 gramm qora shokolad | |
150 gramm shakar | |
1 osh qoshiq kakao kukuni | |
40 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
150 gramm "oreo" pechenyesi |
Shokoladni bo'laklarga bo'lib, idishga solamiz. Ustiga bo'laklarga bo'lingan sariyog' va vanil shakarini solamiz.
Past olovda aralashtirib turgan holda eritamiz. So'ngra chetga olib qo'yamiz.
Idishga tuxum chaqib, tuz solib, venchik yordamida ko'pirtiramiz. Ozroqdan shakar solib, ko'pirtiramiz. Massa nomiga ko'pirishi kerak holos.
Tuxumli massaga oz-ozdan shokoladli massani quyamiz. Yaxshilab aralashtirib, oldindan elangan un va kakaoni solamiz. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan xamirga pechenyening 2/3 qismini o'rtacha bo'laklarga bo'lib solamiz. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan 20 ga 20 smli diametrga ega qolipga quyamiz. Ustiga qolgan shokolad bo'laklarini qo'yib chiqamiz.
Masalliqlar:
160 gramm sariyog' | |
3 ta katta hajmdagi tuxum | |
200 gramm qora shokolad | |
150 gramm shakar | |
1 osh qoshiq kakao kukuni | |
40 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
150 gramm "oreo" pechenyesi |