Olmali pirog
Masalliqlar:
-
130 gramm smetanayoki qaymoq
-
150 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
2 ta tuxum sarig'i
-
300-350 gramm un
-
2 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq dolchin
-
10 dona olma
Yo’nalishlar
Olamli piroglar juda ham ko’p bo’lib, ammo juda ham tez tayyorlaniladigani kamroqdir. Bugun sizlarga ana shunday piroglardan birini taqdim etamiz.
Dolchin qo’shib pishirilgan bu pirogning ajoyib ta’mi og’zingizda qolishi aniq.
Bu pishiriqqa taxminan 30 000 so’m pul sarflaysiz.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
130 gramm smetana | |
150 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
2 ta tuxum sarig'i | |
300-350 gramm un | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
10 dona olma |
Tog'orachaga un va qabartmani elab olamiz.
Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib soalmiz.
Hammasini qo'lda ishqalaymiz.
Ustidan smetana va tuxum sarig'ini solamiz.
Xamir qorib, 15-20 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Xamir tingunicha olmalarni olib, ikkiga bo'lamiz va danaklaridan tozalaymiz.
Xamirni ikkiga bo'lamiz.
Xamirni 5-8 mm qalinlikda yoyamiz.
Pergament qog'ozto'shalgan patnisga qo'yamiz.
Xamir ustidan olmalarni terib chiqamiz, bunda o'rtasi pastki xamirga tegib tursin.
Ustidan shakar va dolchin sepamiz.
Ikkinchi xamirni ham yoyib, olmalari ustini yopamiz.
Suvi oqib ketmasligi uchun chetlarini yaxshilab birlashtirib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Ustiga shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.