Oddiy usulda pishirilgan chiabatta
Masalliqlar:
-
600 gramm bug'doy uni
-
6 gramm quruq xamirturush
-
550 millilitr suv
-
1.5 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Yangicha non retseptini berishga shoshilamiz! Bugun bizlar italyancha mashhur chiabatta nonini uy sharoitida tayyorlaymiz.
Bunday non usti qarsildoq, ichi esa paxtadek momiq bo’lib chiqadi. Bu non yordamida siz buterbrod, sendvich va bruskettalar tayyorlashingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
600 gramm bug'doy uni | |
6 gramm quruq xamirturush | |
550 millilitr suv | |
1.5 choy qoshiq tuz |
Xamirturush ustidan ozroq iliq suv quyamiz va 15 daqiqaga qoldiramiz.
Xamirturushli aralashmani mikser idishiga quyamiz va qolgan barcha masalliqlarni ham solamiz. Mikserning eng yuqori tezligini yoqib, xamirni 20 daqiqa davomida aralashtiramiz. Agarda mikser mavjud bo'lmasa, unda qo'lda ham bemalol qorishingiz mumkin.
Xamir ustini yopib, 1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Stol ustiga undan ko'proq sepamiz. Xamirni olib, sepilgan un ustiga qo'yamiz va yana ustidan ko'proq un sepamiz. Xamirni teng ikkiga bo'lamiz.
Qo'limizni unga belab, xamirlarga baton shaklini berib chiqamiz.
Xona haroratida 30 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Pech patnisiga olib, 240 C darajada qiizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
600 gramm bug'doy uni | |
6 gramm quruq xamirturush | |
550 millilitr suv | |
1.5 choy qoshiq tuz |