fbpx
«Nuqta-nuqta»ga ega blinchiklar

«Nuqta-nuqta»ga ega blinchiklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Nuqta-nuqta»ga ega noodatiy blinchiklar – istalgan nachinka bilan mos keladigan ajoyib desertdir. Ushbu blinchiklar har doim o’xshab chiqadi.

Mana shunday yorqin blinchiklar tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qilishingizni maslahat beramiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 millilitr sut
200 millilitr qaynoq suv
2 ta tuxum
170 gramm un
30 gramm eritilgan sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
40-50 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq kakao kukuni
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni sut bilan aralashtirib, shakar, tuz va un solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynoq suv solib, yana aralashtiramiz. O'simlik yog'i va eritilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirning ozroq qismini olib, kakao solamiz va aralashtiramiz. Hosil bo'lgan massani shpritsda tortib olamiz (dorixonadan sotib olish mumkin bo'lgan oddiy shprits - 10 mg).

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga oq xamirni quyib, ustidan tezda shpritsda qora xamirni nuqta shaklida quyib chiqamiz. Usti qurib xira bo'lib qolishini kutamiz so'ngra blinchikni ikkinchi tarafiga o'girish mumkin. Barcha blinchiklarni shu tarzda pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 16
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 millilitr sut
200 millilitr qaynoq suv
2 ta tuxum
170 gramm un
30 gramm eritilgan sariyog'
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
40-50 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq kakao kukuni
oldingi
Pishloq va ko’katli dangasa pirojkalar
keyingi
Kartoshka va marinadlangan bodringli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.