fbpx
Nonushtabop tuxumli skrembl

Nonushtabop tuxumli skrembl

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tuxumli skrembl – bu nonushtada tayyorlaniladigan ana’anaviy yevropacha taom bo’lib, tuxum va sariyog’dan pishiriladi.

Xohishga qarab bunday yegulikni faqatgini tuxumning o’zidan tayyorlashingiz, yoki qo’shimchalardan ham solishingiz mumkin bo’lib, masalan, sabzavotlar, qo’ziqorin, pishloq, ko’klatlar va ziravorlar.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum
25 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq smetana
2-3 shoxcha ko'k piyoz
3-4 dona xohlagan non bo'lagi
Qadam 1
Tugallandi

Tovaga yoki kichikroq qozonchaga tuxumni chaqib solamiz. Ustidan ozroq muzdek sariyog' solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng gazga qo'yamiz va silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

1—2 daqiqadan so'ng tovani gazdan olib, yana bir bor aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng tovani yana gazga qo'yib, bir necha soniya davomida qizdiramiz va gazdan olamiz. Skrembl qaynoq tovada pishaveradi, shu sababdan ham muntazam aralashtirib turishni unutmaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shu jarayonni yana bir marotaba takrorlaymiz. Tuz, murch, smetana va to'g'ralgan ko'k piyozni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Non bo'laklarini quruq tovada qovurib olamiz. So'ng ustidan tuxumli skremblni solib chiqamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta tuxum
25 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq smetana
2-3 shoxcha ko'k piyoz
3-4 dona xohlagan non bo'lagi
oldingi
Shokoladli pastali bulochkalar
keyingi
Tovuq va qo’ziqorinli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.