Multivarkada pishirilgan borsh
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shti
-
400 gramm karam
-
1 bosh piyoz
-
2 ta kartoshka
-
2 ta qizil sabzi
-
1-2 dona qizil lavlagi
-
3 osh qoshiq pomidor pastasi
-
2 choy qoshiq limon sharbati
-
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
-
1-2 ta lavr yaprog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Eng foydali suyuq taomlardan biri bu borsh ya’ni qizil sho’rva bo’lib, juda mazaliligi sabab ham ko’pchilikka yoqib ulgurgan. Bugun shu taomni multivarkada pishirishga qaror qildik.
Natija esa biz kutganimizdanda ortiqroq bo’ldi. Siz ham albatta tayyorlab ko’ring, afsuslanmaysiz!
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
400 gramm karam | |
1 bosh piyoz | |
2 ta kartoshka | |
2 ta qizil sabzi | |
1-2 dona qizil lavlagi | |
3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 choy qoshiq limon sharbati | |
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
1-2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Multivarkaning "жарка" ya'ni qovurish tugmasini bosamiz. O'simlik yog\'ini solib qizdiramiz.
Piyozni mayda to'g'raymiz, sabzini esa qirg'ichdan o'tkazib olamiz. Multivarkaga ketma-ket solib 7 daqiqa davomida qovuramiz.
Ustidan pomidor pastasini solamiz va 5 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Qizil lavlagini ham qirg'ichdan chiqaramiz va sabzavotlar usidan solamiz. Limon sharbatini sepamiz, shunda lavlagi o'zining rangini saqlab qoladi.
Sabzavotlarga tuz va murch sepamiz va 10-15 daqiqa davomida dimlaymiz.
Mol go'shtini kichikroq to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Kartoshkani ham xuddi shunday bo'laklarga bo'lamiz.
Karamni yupqaroq to'g'rab olamiz.
Go'sht, kartoshka va karamni multivarkaga solamiz va "maksimum" belgisigacha suv solamiz.
Lavr yaprog'i, ehtiyojga qarab tuz solamiz.
Multivarkaning "" yoki "" tugmalaridan birini tanlab, qopqog'ini yopamiz va bir soat davomida qaynatib pishiramiz.
So'ng borsh ustidan sarimsoqpiyoz suvini siqib solamiz va 10 daqiqaga dimlab qo'yamiz.
Taomni ko'katlar va smetana bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti | |
400 gramm karam | |
1 bosh piyoz | |
2 ta kartoshka | |
2 ta qizil sabzi | |
1-2 dona qizil lavlagi | |
3 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 choy qoshiq limon sharbati | |
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
1-2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |