Mikroto’lqinli pechda pitsa pishirish
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
30 millilitr iliq suv
-
1 choy qoshiq shakar
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
150 gramm un
-
Asosiga:
-
3 osh qoshiq ketchup
-
100 gramm dudlangan kolbasa
-
70 gramm qattiq pishloq
-
1-2 ta pomidor
-
xohishga qarab zaytun mevasi
Yo’nalishlar
Yaqinda biz o’zimizga mikroto’lqinli pechda tezda pishadigan pitsa tayyorlashni kashf qildik. 10 daqiqa va dasturxonda mazali taom muntazir.
Pitsa uchun asosni xohishga qarab tanlashingiz mumkin: go’shtli, sabzavotli yoki qo’l ostingizdagi mavjud masalliqlardan ham foydalanishingiz mumkin, faqat asosiysi pishloqni tejamasdan ko’proq soling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
30 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm un | |
Asosiga: |
|
3 osh qoshiq ketchup | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
70 gramm qattiq pishloq | |
1-2 ta pomidor | |
xohishga qarab zaytun mevasi |
Xamirni tayyorlab olamiz.
Katta idishga tuz, shakar, yog', xamirturushni solib aralashtiramiz.
Ustidan oz-ozdan un solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
O'rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.
Xamirni ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Pitsa uchun tayyor oshirma xamirlardan ham foydalansangiz bo'ladi, bu anchagina vaqtingizni tejaydi.
Mikroto'lqinli pech likopchasini olamiz, yog' surtib ustidan un sepib olamiz.
Shu likopchada xamirni qo'yib yoyib olamiz. So'ng sanchqi bilan bir nechta joyini sanchib olamiz.
Xamirni ustiga ketchup suramiz.
Mikroto'lqinli pechga qo'yib 800 Vt da 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ora-orada ochib tekshirib ko'rishni unutmang. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
30 millilitr iliq suv | |
1 choy qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm un | |
Asosiga: |
|
3 osh qoshiq ketchup | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
70 gramm qattiq pishloq | |
1-2 ta pomidor | |
xohishga qarab zaytun mevasi |