fbpx
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan dolchinli tayoqchalar

Mikroto’lqinli pechda pishirilgan dolchinli tayoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun mikroto’lqinli pechda qatlama xamirdan juda mazali tayoqchalar tayyorlaymiz. 3 xil oddiy masalliqdan hayratlanarli ta’mdagi yegulik tayyorlaymiz.

Mikroto’lqinli pechda bunday mazali pishiriqlarni tayyorlash mumkinligiga balki ko’pchilik ishonmas… Ammo bu ayni haqiqat! Mazali va qarsildoq bu pishiriq bolalarga ham juda yoqadi.

4 daqiqa va mazali pechenyelar tayyor! Kelinglar, endi pishirish jarayoniga o’tsak.

 

Masalliqlar:

500 gramm tayyor qatlama xamir
3 choy qoshiq dolchin
6 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni olib yoyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni ustiga shakar va dolchin kukunini sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

O'qlov bilan ustini yaxshilab tekislaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni taxminan 12x2 sm da uzun lentalarga kesib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni spiraldek burib chiqamiz va mikroto'lqinli pechga mo'ljallangan idishga teramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechda 750 Vt da 4 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan pishirig'imiz sovigandan so'nggina qarsildoq bo'ladi. Mikroto'lqinli pech hammada har xilligi sabab, ahamiyat bering, ular 3.5 daqiqada ham 4.5 daqiqada ham pishishi mumkin. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tayyor qatlama xamir
3 choy qoshiq dolchin
6 osh qoshiq shakar
oldingi
Mikroto’lqinli pechda pishirilgan pirog
keyingi
Multivarkada pishirilgan borsh

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.